Jin bosishi
Assalomu alaykum Shayx Hazratlari. Bir oshnamiz quyidagi narsani aytib maslahat so‘radi. Uning aytishicha yotoqxonalarida bir kishini uyqusida jin bosar ekan. Oshnamiz bilmasdan (jin bosayotgan paytda bo‘lsa kerak) uni uyg‘otib qo‘yibdi. Endi uni ham uyqusida jin bosayotgan emish. Aytishicha, ko‘kragidan bosib joni og‘ziga tiqilguday bo‘lar emish. Namozxon, taqvoli bola. Hammamiz hozir chet davlatdamiz. Hamma duolarni o‘qib ko‘ribdi. Foyda bermayotgan emish. Shu holatimizda nima chora ko‘rsak bo‘ladi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Sizni Allohning Roziligi uchun yaxshi ko‘ruvchi, ota-onangiz va siz haqqingizga duo qilib qoluvchi muxlisingiz Rozilik.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tahoratli bo‘lib, Alloh taolo duo qilib va U zotni zikr qilib yursin, boshqa erga ko‘chsin. Kechasi yotishdan oldin chor qulni, kursiy oyatini o‘qib o‘ziga va atrofiga dam solib yotsin.
1 May 2022, 04:51 | Savol-javoblar | 204 | Aqiyda