Shom namozidagi holat

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ikki kishi shom namozini o‘qilayotganda uchinchi rak’atiga qo‘shilgan odam biz salom bergandan keyin qay holatda davom ettiradi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir rak’atiga etsa imom salom bergach o‘rnidan turib bir rak’at Fotiha va zam sura qo‘shib o‘qiydi. Shu bilan bu odamni namozi ikki rak’at bo‘ladi. Shuning uchun o‘tirib attahiyyatu ni o‘qiydi. Keyin turib Fotiha va zam sura bilan yana bir raka’at o‘qib o‘tiradi. Attahiyyat, salovatlarni o‘qib namozni tugatadi. Ko‘pchilik bilmaganlar turib yana ikki rak’at namoz o‘qishadi.  Vallohu a’lam!

1 May 2022, 05:12 | Savol-javoblar | 154 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar