Onam mushkulkushod o‘qiydilar
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Mushkulshod degan savolni o‘qib chiqdim va islom.uz saytidan ham bildim, bu mushkulshod degani bidat ekan. Ming afsus Onam mushkulshod o‘qiydilar. Hazrat, shuni tushuntirsam vohobi deyishlari turgan gap. O‘qigan zahotim mushkulshodning bidatligini Otamga aytdim. Otam "har kimning gapiga ishonaverma" deb urushdilar. Hazrat, endi nima qilishimni ham bilmay qoldim, qattiq siqilib ketdim. Onam shu ishni qilsalar, ko‘z yumib yura olmayman. Oilamiz dindan ancha uzoqlashib ketgan, Allohga beadad shukr, meni hidoyatga boshladi, tezda dinimizni o‘rganishni boshladim. Shundan Ota-Onam shubhanalib, vohobi deb o‘ylab qoladilar. Chunki aqiydalari shunaqa bo‘lib ketgan. Hazrat, Ota-Onam va Ukam va opalarim namozni bilishmaydi. Hazrat, duo qilsangiz hammalariga Alloh tavfiq berib, hidoyatga boshlasin. Hazrat, endi men qanday yo‘l tutay? Chet elda ishlaganim bois, Onamga bu xabarni etkazishim qiyin, tinmasdan Allohdan hidoyatga boshlashini so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘qigan narsangizni o‘shalarga ham o‘qiting. Ulamolar aytayotganini tushuntiring.
1 May 2022, 05:11 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘qigan narsangizni o‘shalarga ham o‘qiting. Ulamolar aytayotganini tushuntiring.
1 May 2022, 05:11 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar