Iftorlik vaqti

Assalomu alaykum! Ayrim yoshi ulug‘lar ramazon taqvimi bo‘yicha iftorlik vaqti kirgan bo‘lsada, o‘sha vaqtga 3-5 daqiqa qo‘shib, so‘ng og‘iz ochishadi. Ular “taqvimga yuz foiz ishonch yo‘q, ehtiyot shart ozgina vaqt qo‘shib ochsa yaxshi bo‘ladi” deyishadi.
1). Ularning bu ishlari bid’at emasmi?
2). Aslida ramazon taqvimi vaqti bo‘yicha og‘iz ochsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bid’at emas. 2). Bo‘ladi. Shu o‘rinda bir narsaga ahamiyat berish kerak. birinchi qavatda turgan kishilar bilan yuqori qavatdagi, xususan 5-6-7-va hokazo qavatda turgan kishilarning ro‘za ochishida ham biroz farq bor. Tepadagilarga quyosh botishi keyinroq bo‘ladi. Shuning uchun quyoshni to‘liq botganligiga ishonch hosil qilib, og‘izni ochish kerak. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 10:41 | Savol-javoblar | 168 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar