Ota onam namoz o‘qishim va ro‘za tutishimga qarshi bo‘lsa
Men namozga kirganimga olti oy bo‘ldi. Hozirgi kunda menga ota-onam "Namozingni to‘xtat, davlatga seni namoz o‘qiganing to‘g‘ri kelmaydi, qamalib ketishing mumkin" deb qarshilik qilishayapti. Lekin namozni tashlagim kelmaydi. Allohdan qo‘rqaman. Hozirda tashlab ham qo‘yganman, lekin ichimdan qiynalib yuribman. Allohning ibodati bilan qalbim xotirjam edi. Qiyin vaziyatga tushib qoldim, menga o‘zingiz xolis maslahat bering, nima qilishim kerak?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Dinimiz qoidasi bo‘yicha, Alloh taologa gunoh bo‘ladigan har qanday ishda bandaga itoat qilinmaydi. Garchi ular ota-ona bo‘lsalar ham. Namoz har bir voyaga etgan musulmon shaxsga farzdir. Bir vaqt namozni o‘qimaslik va bir kunlik ro‘zani tutmaslikning o‘zi juda ham katta gunohdir. Namoz va ro‘zani tan olmaslik esa kofirlikdir. Sizning ota-onangiz sizga "namoz o‘qima, ro‘za tutma" deyishlari bilan juda katta gunohga jur’at qilibdilar. Ular tezda tavba qilishlari kerak. Ular, "namoz o‘qishing va ro‘za tutishing davlatga to‘g‘ri kelmaydi" deyishlari bilan davlatga ham qarshi katta jinoyat qilibdilar. Davlat bu gaplari uchun ularni jazolashi mumkin. Chunki davlat ibodat qilishga ruxsat bergan. "Namoz o‘qish va ro‘za tutish jinoyatdir" degan gap davlatning birorta qonunida yo‘q. Davlat o‘z qonuniga qarshi bo‘lganlarni jazolaydi. Davlatga to‘xmat qilmaslik kerak. Siz namoz o‘qishni davom ettiring. Alloh taolo O‘zi oson qiladi.
1 May 2022, 05:44 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar