Kir yuvish kukunidan chiqayotgan yutuq

Assalomu alaykum! 1). Xozirgi kunda xar-xil aktsiyalar, ya’ni masalan kir yuvish kukuni sotib olsak unda yutuq chiqishi mumkin bo‘lgan lotoreya beletiga o‘xshash kartochka chiqadi. Yana shunday kir yuvish kukunidan kir yuvish mashinami va shunga o‘xshash bir qancha yutuqlar chiqadi, bu narsani doim ishlatib kelganim uchun boshqasini ishlatolmayman. Bu yutuqlarni olib ishlatish xalolmi? 2). Xo‘jayinim bankka ishlari tushib pul echib olishga borsalar qo‘llariga majburiy ikkita lotoreya beletini tutqazishibdi. Bu beletini o‘ynab ko‘rsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Bu borada fuqaholarning qavllari shuki, narsa sotib olinayotganda yutuq chiqishini ko‘zlab kartochka ham olinsa joiz emas. Yoki kartochka evaziga narsaning narxiga qo‘shimcha narx qo‘yilsa bu ham joiz emas. Narsa o‘z narxida sotilsa, odamlar ko‘proq olishi uchun o‘zlari tomonidan muokofot qo‘yishgan bo‘lsa olish joiz. yutuqni olish ham joiz.  2). Qaytarib o‘zlariga berib pulini olsin. Ularni bu majburiy berishlari qonunan jinoyat shar’an harom hisoblanadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:33 | Savol-javoblar | 164 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar