Ro‘zadorni og‘iz burun chayishi

Assalomu alaykum! Ro‘zador inson ro‘zada og‘iz burunni ehtiyotlab chayishi lozimligini bilamiz. Ammo savol shuki: goh-gohida tahorat olganda g‘ar-g‘ara qilmasdan chayganda va burunni achishadigan qilmasdan chayganda ham dimoqqa suv ketgandek tuyuladi va shubhaga boriladi. Shunday holatda suvni dimoqdan o‘tganligida ikkilanganda ro‘za ochiladimi? Yoki ro‘za ochilganlikni aniq belgisi bormi? Oldindan tashakkur!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Og‘iz va burunga suv olib chayish g‘uslning farzlaridan sanaladi. Burunning yumshog‘ joyi tugab qattiq joyi boshlangan joyigacha yuvish farz. Og‘izning hamma joyiga suv etkazish ham farz. Bu ikkisi nomiga yuvish bilan ham ado bo‘ladi. Og‘izni g‘arg‘ara va burunni achishtirib yuvish mustahab. Ro‘zada o‘sha mustahabni tark qilib turiladi. Mabodo og‘iz yoki burun orqali tomoqdan ichkariga ozgina suv o‘tib ketsa ham ro‘za ochiladi. Vallohu a’lam.

1 May 2022, 06:17 | Savol-javoblar | 151 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar