Duo qilish joizmi?

Assalomu alaykum! Ba’zi tadbir yoki bazmlarda spirtli ichimliklar ichayotgan davralarga tasodifan duch kelib qolsak ular duo qilib berishimizni so‘rashsa, o‘sha joyda Allohni nomini tilga olib duo qilish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Musulmon kishi Allohning la’nati yog‘ilayotgan joylarga yaqinlashmaydi. Tasodifan borib qolinsa tez chiqib ketish kerak. Duo qilsangiz dinni tahqirlagan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:57 | Savol-javoblar | 158 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar