Makruxni ta’rifi xakida

Assalomu alaykum Shayx xazratlari.Makruxni ta’rifi xakida eski kitoblar va yangi manba’larni ukib,bir nechta narsalarni topdim.Eski kitoblarda makrux bu shariatda kilish joizligi xakida xam va undan kaytarilgani xakida xam dalil kelgan amal deyilgan.Boshka eski kitobda makrux bu xadislar ila kaytarilgan va salaf ulamolar kilishni karix kurgan narsa deyilgan.Yangi manba’larda makrux bu oxod xabarlarda kat’iy bulmagan dalil ila kaytarilgan narsa deyilgan.Bu barcha ta’riflar bir-birini tuldiruvchimi eki ularni orasida mos kelmagan joyi xam bormi?Bagrikenglik va tavoze’lik bilan beraetgan barcha javoblaringiz Oxirat kunida sizga yaxshi zaxira bulsin,Alloxumma omiyn.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Makruhi tahrimiy (harom hisoblanadigan makruh).Shariat (ohod xabarlarda) qat’iy bo‘lmagan dalil ila tark qilishni jazm ila talab qilgan narsa makruhi tahrimiy bo‘ladi. Bunga birovning savdosi ustiga savdo qilish yoki sovchiligi ustiga sovchilik qilish, erkaklarning ipak yoki tillo iste’mol qilishi kabi ishlar misol bo‘ladi.Hanafiylarda makruhi tahrimiyni qisqa qilib «makruh» deb qo‘yiladi. Ularning nazdida makruhi tahrimiy haromga juda yaqin narsa hisoblanadi. Ammo uni inkor qilgan kishi kofir bo‘lmaydi. Makruhi tanzihiy (ozodalik makruhi).Shariat tark qilishni jazm bo‘lmagan va uqubat ta¬yin qilmagan holda talab qilgan narsa makruhi tanzihiydir. Bunga mushuk va yirtqich qushlar tekkan suvdan toharat qilish, sunnati muakkada ishlarni tark qilishlar misol bo‘ladi.Makruhi tanzihiyni tark qilgan odam savob oladi. Uni qilgan odam iqobga uchramasa ham, malomatga qoladi.

21 Aprel 2022, 06:44 | Savol-javoblar | 166 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar