XADISLAR XAKIDA
ASSALOMU ALAYKUM VA RAXMATULLOXI VA BAROKATUX!Muxtaram ustoz sizga ayrim savollar ila murojaat kilishga izn bergaysiz:1. Ma’lumki islom olamida Xujjatul islom Imom Gazzoliy (r.a)ning kitoblari yuksak martabaga ega. Xozirda ul zotning "Ixyoi ulumud-din" asarlaridan ayrim boblar uzbek tiliga tarjima kilinib, kitob xolatiga keltirilmokda. Yakindan shu asarning "Ilm kitobi"ni ukidim. Bu kitobda kuplab xadislarni ukidim. Kitobning mukaddimasida xadislarning izox sharxlari Gazzoliydan keyinrok Abu Xusayn Irokiy tomonlaridan keltirilgan, deb yozilib, kitob oxirida xadislarning izoxi, sanadlari va martabalari keltirilgan. Unda yozilishicha kitobdagi kuplab xadislarning sanadi zaif deyilgan. Savolim shundan iboratki Imom Gazzoliy (r.a) uz kitoblarida nima uchun zaif xadislarni rivoyat kilganlar? Bu xadislarni yod olib, rivoyat kilishning xukmi kanday? Zaif xadislarni amri-ma’ruf va vaz-nasixat uchun rivoyat kilsa buladimi? 2. "Shamoili Muxammadiyya" kitobida paygambarimiz (s.a.v) masjidda muborak ikki tizzalarini kuchoklab utirganlari va bomdod namozidan keyingi utirishlari xam shunday bulganligi rivoyat kilingan. Ustoz masjidda kupchilik xozirda xam shunday tarzda utirishadi (ya’ni ma’ruza chogida). Lekin odob yuzasidan namozda utirgandek utirish lozimligi kitoblarda keltirilgan. Ustoz masjidda ikki tizzasini kuchoklab yoki chordona kurib utirsa (oyogi tolikkanida yoki bir uzr sababli) joizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. - Imom G‘azoliyning ilm bobidagi eng zaif erlari hadis ilmida ekanini hamma zikr qiladi. U kishining o‘zlari ham bu nuqsonni anglab umrlarining oxirida hadis ilmini ham puxta egallashga harakat qilganlar. Hadis olimlaridan imom Buxoriy va Muslimlarning Sahihlarini o‘qib bo‘lganlaridan keyin vafot etganlar.Ba’zi ulamolar hadisning zaif ekanini ta’kidlab turib, targ‘ibotda ishlatsa joiz, deganlar.2. - Uzrli bo‘lganda joiz.
21 Aprel 2022, 06:44 | Savol-javoblar | 168 | Hadislar