Usta shogirt munosabati

Assalomu alaykum! Ustaman, shogitlarga o‘rgataman qo‘ldan kelgancha. Shogirtlarga duo berish muddati to‘g‘risida dinimizda biror ko‘rsatma mavjudmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shogirdlar sizning sadaqai joriyangiz. Kelgusida ular siz o‘rgatgan narsani sabab qilib topgan har bir tiynida, o‘shalarni ehson qilib olgan savobida, hatto bola-chaqasiga edirayotgan luqmasidan ham oladigan savobidan tenma-teng bahramand bo‘lasiz. Bu ulkan baxt, minnat qilib qo‘ymang. Shogirdlarni holiga qarang, bu xunar tufayli kimlarnidir aldaydigan, haqiga xiyonat qiladigan bo‘lsa boshqa xunar top deb ayting. Haqiqiy qo‘lidan keladigan holatga etganida javobini bering, ekpluatatsiya qilishga urinmang. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 08:36 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar