qadr kechasida

assalamu alaykum wa rohmatullohi wa barokatuh ustoz. Sizga 2 ta savol bilan murojaat qilmoqchi edim, iltimos oydinlik kiritib bersangiz.1. Yaqinda inshaalloh muborak ramazon oyi kiradi, hammamizga nasib etsin, bu oyda ibodatlar qilib tula ajrlarni olish.Hamma qadr kechasida (yani intizorlik bilan kutgan mumin musulmonlar) maza qilib ibodatlar qiladi alloh hohlaganicha, hoizalar bunday kunlarda qanday ibodatlar qilishsa joiz, shu narsa qiynaydi, chunki namoz ,ruza, qur‘on uqishlik bazi ayollarga nasib qilmaydida bunday ulug kunlarda.2. Mening ota-onamgilar tugilgan kunlarni nishonlashadi, bormasam hafa bulib yiglab ham beradilar oyim, dillarini ogritmay deb faqat ota-onamning, tugilgan kunlariga borsam, boshqa kattasidan tortib kichigigacha hammasinikiga borishga undashadi, ularni hafa qilmay deb faqat ularnikiga borganimni tushunishmayapti chogi, mani uyimdagilarni tugilgan kunini qilmayman, yani farzandlarimni, uzimni, hujayinimni, lekin ular hammaligisi kelishadi tugilgan kun bilan tabriklab, uyimga mehmon kelgani hurmatidan kutib olaman, nima maslahat berasiz, aslida ota-onamning tugilgan kunlariga borishim tugrimi, qanday yul tutay, allohni buyrugidan chiqmay, ota-onamni rizo qilish uchun.Vaqtingizni olganim uchun uzr, alloh sizdan rizo bulsin, ikki dunyo saodatini nasib etsin, ustoz sizga hurmatim juda baland, erkak kishiga sizni alloh yulida yaxshi kuraman deb aytish mumkinmi bilmayman, shu sababdan bu haqda indamadim, javobingiz uchun rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ulardan boshqa zikr va duolarni qilishaveradi. InshaAlloh ajrlari kamaymaydi.- Asta-sekin tushunib qolishadi. Siz qo‘ldan kelganicha, harakatni qilavering.

1 May 2022, 06:38 | Savol-javoblar | 156 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar