Tug‘ilgan kunni boshqa nom bilan atash
Assalomu alaykum! Xozirgi kunda "tug‘ilgan kun nishonlash dinimizda yo‘q saxobalar tug‘ilgan kun nishonlashmagan" deb ko‘p aytilgani sababli odamlar "shukrona kun", "ummat bo‘lgan kun" deb nishonlashga o‘tib olishgan. Yani "biz Alloh bizni yaratgani uchun shukr keltirish niyatida yoki Payg‘ambarimiz sallAllohu alayxi vassalamning ummati bo‘lib dunyoga kelganimizni nishonlayapmiz" deb o‘zlarini qilayotgan ishlariga din niqobini o‘rab oqlashadi. Bu dinga yangilik kiritish bo‘lib, bid’at bo‘lib qolmaydimi? Axir Allohga shukur bu ko‘rinishda, yani tanish bilishlari bilan eb-ichib, bayram qilib aytilmaydi-ku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tug‘ilgan kunni dinga hech qanday aloqasi yo‘q. Aslida inson umri o‘tgan sari chirib boraveradi, o‘limga yaqinlashadi. Oddiy misol bir mashina yillar o‘tgach eskiradi. Endi bir inson shu mashinani eskirganini nishonlaymiz deyishi bilan tug‘ilgan kunni nishonlaymiz bilan hech qanday farqi yo‘q. Aslida har o‘tgan kun, oy va yilga tavbani ko‘paytirish kerak. Bayram qilmasdan marsiya o‘qish kerak. dinda yo‘q narsani savob bo‘ladi deb qilish bid’at hisoblanadi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:18 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar