Otaning qarzi
Assalomu alaykum! Otam bojasining kuyovidan qo‘y olib boqamiz degan niyatda pul olgandilar, ammo yarim yil o‘tmay tog‘da o‘sha qo‘ylar yarimi kasallangan yarimini bo‘rilar eb qo‘ygan. Pul bergan kuyov pullarimni qaytib bering deb keldilar, ammo otam pulingni men harjlamadim olgan qo‘ylar yo‘q bo‘ldi o‘zimnikilar ham o‘ldi deb qaytib bermadilar. Mana 2 yildirki ularni qo‘lidagi opachamni eri ham qaynonalari ham jon holatiga qo‘ymaydi, pullarimizni pochchang qaytib bersin deb. Ammo otam bu mavzuni o‘zi uchun yopgan. Men Alhamdulilah namoz o‘qiyman, oxiratga qoladigan qarz haqida o‘qigan edim. Otam uchun otamning bo‘ynilarida bu qarz bo‘lishini xohlamayman. Shuning uchun farzand bo‘lib bu qarzni men va onam otamga bildirmay to‘lasak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shunday qilsangiz kelinni ham azobdan qutqargan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 01:34 | Savol-javoblar | 240 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shunday qilsangiz kelinni ham azobdan qutqargan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 01:34 | Savol-javoblar | 240 | Turli savollar