Kifoya suv turlari bo‘limidan savol
Assalomu alaykum! Suvlarning turlari bo‘limidan savolim bor edi "Yoki qaynatib pishirish ila o‘zgartirgan bo‘lsa, o‘sha narsadan nazofa( tozalik) qasd qilingan bo‘lmasa,(u bilan taxorat qilib) bo‘lmaydi. Shu jumlani tushuntirib bersangiz iltimos. Tozalikni qasd qilish deganda taxorat uchun suvni qaynatishdan oldin niyat qilib qasd qilish kerak deganimi va agar qasd qilmasa u bilan taxorat qilib bo‘lmaydi deganimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha matnlarni sal keyinroq sahifalarni o‘qisangiz sharhi ham chiqadi. Tozalik maqsadida suvga ba’zi narsalar qo‘shib ishlatiladi. O‘sha narsalar suvni o‘z tabiatidan chiqarib yubormasa, u suvni tahorat va g‘usl uchun ishlatish mumkin. Masalan, kofur – musulmon o‘lkalarida keng ishlatiladigan xushbo‘y modda bo‘lib, mayyitni yuvishda uni suvga qo‘shib ishlatiladi. Bunda jasad tez qotadi va tez aynimaydi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 15:06 | Savol-javoblar | 151 | Kitoblar