O‘rtacha yurishlik

Assalomu alaykum! Qaysi kitobni o‘qisam o‘zimga kundalik ishlarimni belgilashimda yordam beradi? Ba’zida aynan bir narsaga berilib boshqalarini sustlashtirib qo‘yyapman.
2). Uylanishga xoxishim kuchli, yoshim ham kichikmas, lekin uydagilar nimani o‘ylashyapti xayronman? Ko‘chadan bittasini topib, vaqtimni o‘tkazaveraman, faqat zinodan qo‘rqib turibman. Ota-onamga qanday bildiray? Bu narsa deb bir xilda amal qila olmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ustozimiz rahimahulloh har bir jabhaga tegishli kitoblarni yozdilar. Bir boshdan o‘qishni boshlang. 2). Har bir narsa shariatga zid bo‘lsa orqasidan noqulayliklar kelib chiqaveradi. Shuning uchun qiz va o‘g‘il bola balog‘atga etdimi isroflarsiz nikohlab to‘ylarini qilishga harakat qilish kerak. Hozirgi kunda bizning yurtimizda hamma xonadonda isrofsiz to‘y ilishning imkoniyat bor. Orzu havasni o‘g‘il-qizning mehnat va ilmiy faoliyatini taraqqiyotiga qaratish, behuda sarf-harajatlarni o‘sha tomonga yo‘naltirish kerak. Kim nima deyishiga parvo qilmaslik kerak. odamlar ham qiziq, yon atrofdagilarni befarosatlikda ayblashadi, lekin o‘shalarni rioyasini qilib ancha isroflarga yo‘l qo‘yishadi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 07:34 | Savol-javoblar | 142 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar