Ijara sharti
Assalomu alaykum! Maqolalarda kelgan holatlarni o‘qib chiqdim, ilmim kamligi uchunmi savolimgga o‘zim xulosa qilolmadim. Shu sababli sizlarga murojaat etmoqdaman. Ijarachi uyni binoni oldin ko‘rib unga maqul ekanligini ma’lum qildi va iajara shartnomasi bir yilga tuzildi, oylik to‘lov tayin qilindi, bir oylik uchun oldindan to‘lov to‘landi. Lekin ijarachi bir necha kundan keyin bu uyda turmoqchi emasligi binodan foydalanmoqchi emasligini bildirib chiqib ketmoqchiligini ma’lum qildi. 1. Bu vaziyatda ijaraga beruvchi ijarachining turgan kunlariga hisob qilib qolgan pulini qaytarib berishi kerakmi yoki oldindan olingan bir oylik to‘lov evaziga bir oy to‘lguncha turishi mumkinligi, turmasligi ixtiyori ekanligini bildirib bir oylik to‘lovni hammasini o‘zida olib qolishi joizmi? 2. Ijara muddati to‘liq tugamasdan ijarachi ijaradan foydalanishdan voz kechsa ijarachi to‘liqsiz oy uchun to‘liq oy uchun kabi haq to‘laydi deb oldindan shartlashib ijaraga berish to‘g‘ri bo‘ladimi? 3. Ijarachi ijaradan voz kechgan holatlarda ijaraga beruvchi qanday huquqlarga ega bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ijaraga oluvchi nima sababdan shartnomani buzayotganini aniqlash lozim. Agar biror uzri bo‘lmasa, ijarani o‘zicha buzishga haqqi yo‘q, ijara haqqini to‘liq to‘laydi.
Ijara nafga xalal beradigan ayb ila bekor bo‘ladi. Misol uchun, hayvonning yag‘ir bo‘lishi bilan.
Aslida, ijara naf olish uchun tuzilgan bo‘ladi. Ayb tufayli naf olish to‘xtab qolsa, naf oladigan taraf ijarani buzishga haqli bo‘lib qoladi. Bir odam yuk tashish uchun boshqasidan ulovini ijaraga olgan. Hayvon yag‘ir bo‘lib, yuk ko‘tara olmay qoldi. Shunda ijaraga olgan kishi ijara shartnomasini buzishga haqli bo‘ladi.
Agar u aybli narsadan naf olib qolsa, uning ixtiyori soqit bo‘ladi.
Hayvonni ijaraga olgan kishi u aybli bo‘lsa ham naf olib turgan bo‘lsa yoki muolajadan so‘ng hayvon tuzalib, aybdan xoli bo‘lsa, ijara shartnomasini buzish ixtiyori qolmaydi. Boshqa ijara shartnomalari ham shunga o‘xshash bo‘ladi.
Ijara shart yoki ko‘rish xiyori ila fasx qilinadi (buziladi).
Xuddi bay’dagi kabi.
U yana uzr bilan buziladi. «Uzr» shartnomada ko‘zda tutilmagan zararning lozim bo‘lishidir. Og‘rigan tishni sug‘urishga kelishilganidan keyin og‘rimay qolishi, (ijarachi) ijaraga bergan narsasining qiymatini bermasa, uzilmaydigan darajada qarz bo‘lib qolishi, ishchini qaerda bo‘lmasin yoki shaharda ish bajarish uchun ijaraga olgan kishining safar qilib qolishi, tijorat uchun do‘konni ijaraga olgan odamning yoki ishchi yollagan tikuvchining kasodga uchrab, ishini tark qilishi kabilar.
Yukorida zikr etilgan holatlarning barchasi ijara shartnomasini buzish uchun uzrli holatlar hisoblanadi.
Shuningdek, hayvonni kiraga olganning safardan aynib qolishi ham, kirakashning ayniganiga xilof o‘larok, uzr hisoblanadi.
Chunki kirakashning safar qila olmay qolishi shartnomani buzishga uzr bo‘la olmaydi. Uning o‘zi qolib, hayvonni kiraga olgan kishi o‘sha hayvon bilan safarga ketaversa bo‘ladi.
Tikish uchun ishchi olgan bo‘lsa, u tikishni tark qilib, sarroflik qilsa yoki ijaraga qo‘ygan narsasini sotsa ham uzr bo‘lmaydi.
Bunday qilmoqchi bo‘lgan odam ijara shartnomasi tuzmasligi kerak edi. Birovni ishontirib shartnomani tuzib ko‘yib, keyin aynisa, uzri kabul bo‘lmaydi.
Shaxsiy ravishda ijara shartnomasi tuzgan ikki shartnomachidan biri vafot etsa, shartnoma o‘z-o‘zidan buziladi. Agar vakil, vasiy, vaqf mutavallisi kabi o‘zidan boshqaga tuzgan bo‘lsa, buzilmaydi.
Agar hovlisini kuch bilan tortib olganga: «Bo‘shatib qo‘y, bo‘lmasa, har oyga bunchaga ijaraga qo‘ydim», desa va ikkinchi taraf sukut saqlasa, aytilgan mablag‘ vojib bo‘ladi.
Bu holatda hovli egasining gapi iyjob bo‘ladi va g‘osib — kuch bilan tortib oluvchining tasarrufi kabul o‘rniga o‘tadi.
Ijara shartnomasi tuzish va uni buzish, shuningdek, muzora’a, musoqat, vakolat, kafolat, muzoraba, qazo, imora, iyyso, vasiyat, taloq, qul ozod qilish va vaqflarda kelajak zamonga nisbat berilsa, to‘g‘ri bo‘ladi, ammo bay’da bo‘lmaydi. Shuningdek, nikohning ijozasi va fasxida, qisma, nikoh, raj’at, moliyaviy sulh va qarzni kechishda to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Chunki avvalgilarda manfaatlarni mulk qilib berish bo‘lgani uchun va bu narsa soatma-soat bo‘lib turgani uchun ularni kelajak zamonga nisbat berish mumkin.
Bay’dan boshlab keyingi sakkizta narsada esa aytilgan vaqtning o‘zidagina mulk qilib berish bor. Shuning uchun ularda kelajak zamonga izofa qilib bo‘lmaydi. (“Kifoya” kitobidan “Ijarani bekor qilish haqidagi fasl” mavzusi). Vallohu a’lam!
14 May 2022, 08:14 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom