Nomozni o‘tirib o‘qish
Assalomu alaykum! Barcha ustozlar ilm ahillariga Alloh ilmlarizi ziyoda qilsin amin. Savolim quyidagicha Imom Navaviy “Riyozus solihin”da toatda o‘rtaxol bobida shunday hadis keltirilgan. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi Nabiy sollallohu alayhi vasallam masjidaga kirsalar ikki ustun orasiga arqon bog‘lab qo‘yilgan ekan. Shunda bu nima? dedilar. Bu Zaynabning arqoni toliqqanda osilib oladi deyishdi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam yo‘q uni echinglar xar biringiz tetikligida nomozini o‘qisin. Qachon toliqsa yotib olsin dedilar. Muttafaqun alayh. Men ustaman, ba’zida kech soat 1 bo‘lib ketadi. Shunda nomozga tursam oyoqlarimda og‘riqday bo‘ladi. Agar uxlab turib o‘kish kerak bo‘lsa, uxlasam turolmiman. Shunda nima qilay? Javobiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Farzlarni tik turib o‘qishingiz farz. Nafllarni o‘tirib o‘qishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 07:50 | Savol-javoblar | 180 | Ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Farzlarni tik turib o‘qishingiz farz. Nafllarni o‘tirib o‘qishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 07:50 | Savol-javoblar | 180 | Ibodatlar