Tasbexni bittadan aytish

Assalomu alaykum! Namozdan so‘ng Oyatal Kursiy o‘qib tasbexni qisqa qilib ya’ni subxanallax alxamdulillyax va la ilaxa illallax Allaxu akbar deb so‘ngra kalimai tavxid o‘qib so‘ng duo qilib namozni tamomliman. Shu ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz imkon boricha hadisga amal qiling. وَلِمُسْلِمٍ: مَنْ سَبَّحَ اللهَ فِي دُبُرِ كُلِّ صَلَاةٍ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ، وَحَمِدَ اللهَ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ، وَكَبَّرَ اللهَ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ، فَتْلِكَ تِسْعَةٌ وَتِسْعُونَ، وَقَالَ تَمَامَ الْمِائَةِ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ، وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ، غُفِرَتْ خَطَايَاهُ وَإِنْ كَانَتْ مِثْلَ زَبَدِ الْبَحْرِ Muslimning rivoyatida esa:
«Kim har namozdan keyin o‘ttiz uch marta Allohga tasbeh aytsa, o‘ttiz uch marta Allohga hamd aytsa, o‘ttiz uch marta «Allohu akbar», desa hammasi to‘qson to‘qqiz bo‘lur, yuztaning tamom bo‘lishiga: «La ilaaha illallohu vahdahu la shariyka lahu lahul mulku va lahul hamdu va huva ala kulli shay’in qodiyr»ni aytsa, uning gunohlari dengiz ko‘piklari kabi bo‘lsa ham, mag‘firat qilinur», deyilgan.
Sharh: 
Imom Muslimning rivoyatida kelgan zikrlarning avvali yoki oxirida «Oyatul Kursiy»ni qo‘shib o‘qishni so‘fiylar joriy qilganlar. Bu «so‘fiylar xatmi» deb nomlanadi. Bu nur ustiga nur, deyiladi. Chunki «Oyatul Kursiy» Qur’oni Karimdagi eng ulug‘ oyatdir. Ushbu xatmni qilish bizda ham joriy bo‘lib kelayotir. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

10 May 2022, 17:56 | Savol-javoblar | 160 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar