Nikoh uzugi

Assalomu alaykum! Bilamizki tilladan nikoh uzugi biz musulmonlarga joiz emas. Ammo bu qanchalik joiz emas? Ya’ni nikoh uzugini taqqan odamni qaytarishimiz shart bo‘ladimi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن أبي هريرة، عن النبي صلى الله عليه وسلم: أنه نهى عن خاتم الذهب. أخرجه البخاري ومسلم Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tillo uzuk taqishdan qaytardilar".  Buxoriy va Muslim rivoyati. عن عَلِي رَضِي اللَّه عَنْه قال: أَخَذَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ذَهَبًا بِيَمِينِهِ، وَحَرِيرًا بِشِمَالِهِ، ثُمَّ رَفَعَ بِهِمَا يَدَيْهِ فَقَالَ: " هَذَانِ حَرَامٌ عَلَى ذُكُورِ أُمَّتِي"أخرجه أحمد والنسائي Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘ng qo‘liga tilloni, chap qo‘liga ipakni oldilar. So‘ngra ikkalasi bilan ikki qo‘lini yuqoriga ko‘tarib, “Bular ummatimning erkaklariga haromdir”, dedilar”. Ahmad va Nasoiy rivoyati. وعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَبَّاسٍ رضي الله عنهما، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رَأَى خَاتَمًا مِنْ ذَهَبٍ فِي يَدِ رَجُلٍ، فَنَزَعَهُ فَطَرَحَهُ، وَقَالَ: " يَعْمِدُ أَحَدُكُمْ إِلَى جَمْرَةٍ مِنْ نَارٍ، فَيَجْعَلُهَا فِي يَدِهِ"، فَقِيلَ لِلرَّجُلِ بَعْدَ مَا ذَهَبَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: خُذْ خَاتِمَكَ انْتَفِعْ بِهِ؟ قَالَ: لَا وَاللَّهِ لَا آخُذُهُ أَبَدًا، وَقَدْ طَرَحَهُ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ" أخرجه مسلم Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishining tillo uzuk taqqanini ko‘rib, uning qo‘lidan echib olib, tashlab yubordilar va “Sizlardan biringiz o‘tning cho‘g‘ini qasd qilib qo‘liga oladiya?!”, dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ketgach, boyagi kishiga uzugingni olib (boshqa maqsadda) foydalanaver, deyilindi. U: “Allohga qasam, hargiz uni olmayman, uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tashlab yubordilar, dedi”.  Muslim rivoyati. عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ رَضِي اللَّه عَنْه قَالَ: إِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رَأَى فِي يَدِ رَجُلٍ خَاتَمًا مِنْ ذَهَبٍ فَقَالَ: " أَلْقِ ذَا" فَأَلْقَاهُ، فَتَخَتَّمَ بِخَاتَمٍ مِنْ حَدِيدٍ فَقَالَ: " ذَا شَرٌّ مِنْهُ" فَتَخَتَّمَ بِخَاتَمٍ مِنْ فِضَّةٍ، فَسَكَتَ عَنْهُ" أخرجه أحمد Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishining qo‘lida tillo uzuk ko‘rib: “Buni tashlab yubor”, dedilar. U uni tashlab yuborib, temir uzuk taqib oldi. U zot: “Bunisi undan ham yomon”, dedilar. Keyin kumushdan uzuk taqqan edi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam indamadilar”.  Ahmad rivoyati. وعَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ عَنْ أَبِيهِ عَنْ جَدِّهِ، أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، رَأَى عَلَى بَعْضِ أَصْحَابِهِ خَاتَمًا مِنْ ذَهَبٍ، فَأَعْرَضَ عَنْهُ فَأَلْقَاهُ، وَاتَّخَذَ خَاتَمًا مِنْ حَدِيدٍ فَقَالَ: " هَذَا شَرٌّ، هَذَا حِلْيَةُ أَهْلِ النَّارِ" فَأَلْقَاهُ، فَاتَّخَذَ خَاتَمًا مِنْ وَرِقٍ، فَسَكَتَ عَنْهُ" أخرجه أحمد بسند حسن 11/69 Amr ibn Shuayb otasidan, u bobosidan rivoyat qiladi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan ba’zisini qo‘lida tillo uzuk ko‘rib qolib undan yuz o‘girdilar. Sahobiy uni tashlab yuborib, temirdan uzuk taqib oldi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bunisi yomonroq, bu do‘zax ahlining ziynatidir”, dedilar. sahobiy uni ham tashlab yubordi. Keyin kumushdan uzuk taqqanida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam indamadilar”. Ahmad rivoyati. وعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرِو بْنِ الْعَاصِ، أَنَّهُ لَبِسَ خَاتَمًا مِنْ ذَهَبٍ فَنَظَرَ إِلَيْهِ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَأَنَّهُ كَرِهَهُ فَطَرَحَهُ، ثُمَّ لَبِسَ خَاتَمًا مِنْ حَدِيدٍ فَقَالَ: " هَذَا أَخْبَثُ وَأَخْبَثُ" فَطَرَحَهُ، ثُمَّ لَبِسَ خَاتَمًا مِنْ وَرِقٍ فَسَكَتَ عَنْهُ" أخرجه أحمد Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “U kishi tillo uzuk taqib olgan edi. uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘rib qolib, yoqtirmaganday bo‘luvdilar, u uni tashlab yubordi. So‘ngra temir uzuk taqib oldi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Bu xabis, xabisroq (jirkanch, iflosroq)dir”, dedilar. U uni tashlab yubordi. So‘ngra kumush uzuk taqib oldi. U zot indamadilar”. Ahmad rivoyati. Yana izlash xizmatidan ham “nikoh uzugi” deb qidirsangiz, yanada ko‘proq ma’lumotlar topasiz. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 07:50 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar