Dafn marosimi haqida
Assalomu Alaykum Ustoz . Menga bir birodarim bir savol bilan sizga murojaat qilishimni iltimos qildi .Uni savoli shuki yaqinda uni otasi olamdan utdi . Janoja kuni unga otasini qazo bulgan namozlariga 100.000 so‘m pul bilan , bir halta bug‘doyni davra qilishliklarini aytishgan . Biz tomonda bu urf bulib ommalashgan , bu ishni kupincha miskin bulmagan jakotga qodir bulgan domlalar bilan birgalikda utkazishadi . Birodarim otasini dafn marosimida qajo namozlarini uchun tulanadigan fidya miqdorini buyniga olishini aytgan . Marosimdagilar ajablanib uz holiga quyishgan , uzing bilasan deb . Shundan sung birodarim dafnning 4 chi kuni mahallaga osh berib , oqsoqolga va mahalla imomiga azadan sung buladigan (7,20,40 ) marosimlarini utkizmasligini tushintirib aytgan , shundan sung birodarimga domlalar bilan atrofidagilar turlicha nomaqul gaplarni aytishgan (bu qilgan ishini hozirgi norasmiy oqimlarga aloqador deb) . Hozir birodarim bu holatdan uziga tug‘ri yul topa olmayapdi , qanday yo‘l tutsin ? Otasi vasiyat qilmagan fidyani zakotga qodir bulgan shahslar bilan hiyla qilid davra qilishlik durustmi ? agar mana shinday davra qilishlik joiz bo‘lmasa va bunday dafn marosimlari bid‘at bulsa fitna bulmasligi uchun qilish kerakmi ? Savolim takror yoki hatoli bulsa sizdan uzr surayman .Bu qilayotgan sayi harakatlaringizdan Yaratganning uzi rozi bulsin .Omin
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- U kishi to‘g‘ri qilgan.
1 May 2022, 07:56 | Savol-javoblar | 152 | Boshqa ibodatlar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- U kishi to‘g‘ri qilgan.
1 May 2022, 07:56 | Savol-javoblar | 152 | Boshqa ibodatlar