To‘yga borish

Assalomu alaykum! Meni sinfdoshim uylanmoqda, bu birinchi uylanayotgan sinfdosh. Pul yig‘ish bo‘lar ekan va bitta mashinani pulini berish kerak ekan. Bu xarajatlar 500 ming so‘mga borib qoladi. Savol shundan iboratki, to‘yda aroq bo‘ladi nohor osh qilmas ekan, demak bazm bo‘lib, u erda ham aroq bo‘ladi, kelin kuyov barga kirishar ekan u erda ham o‘yin va aroq bo‘ladi. Qo‘shilmasam sinfdoshlardan ajralib qolaman. Shunga nima qilsam ekan to‘yga borsammi yo yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Gunoh va ma’siyat ishlarga qo‘shilmang. Aks holda bunday ishlarni qilib do‘zaxga tushsalar, u erda ham birga bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 08:08 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar