Kafforatimni nima qilaman

Assalomu alaykum! Men kafforat ro‘zani tutayotgan edim, og‘iz ochish va yopishni islom.uz ilovasiga qarab yurgan edim. Bugun islom.uz ilovasi va islom.uz sayt bilan 2 minutli tafovvut borligini bilib qoldim. Ya’ni islom.uz ilovasining shom kirish vaqti 2 minutga oldinroqda ekan. Bugun kafforatimning 50-51-kuni. Bu xolatda nima qilish kerak? Boshqatdan boshlaymi kafforatimni?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaytarmang, davom etavering, ehtiyotini olavering. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 13:07 | Savol-javoblar | 145 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar