Biznesga pul tikish
Assalomu alaykum! Mening 700.000 pulim bor tanishim pulni ko‘paytirish kerak, ya’niy mani pulimni xalol yo‘l bilan ishlatadi. Kartoshka yoki olma olib sotadi yoki qo‘y olib sotadi. Bir yil o‘tib pulimga 300.000 foyda qo‘shib beradi. Shu ish to‘g‘rimi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Berayotgan vaqtda “foyda ko‘rsang nechadir foizi meniki, zarar ko‘rsang zarar meniki” deb bergan bo‘lsangiz, qo‘shib berganini olishingiz mumkin. Buni shariat tilida muzoraba deyiladi. Aslida shariatimizda mablag‘i yo‘q ishbilarmonni moliyalashtirish ikki tartibda ; uni ishiga pul tikib sherik bo‘lishi bilan, buni shirkat deyiladi. Yoki pulni o‘zini berib ishda sherik bo‘lmay, foyda ko‘rilsa ma’lum bir foizi, foyda ko‘rilmasa hech narsa olmasligini shart qilish bilan bo‘ladi. Buni muzoraba deyiladi. Kimgadir qarz berib, “foydasidan berib turarsan” deyish sudxo‘rlik hisoblanadi. Muzoraba bilan qarz berib turishning farqi, muzorabada ko‘rilgan zararning barchasi pul egasiniki bo‘ladi. Qarzda esa qarzdor to‘laydi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 08:35 | Savol-javoblar | 178 | Moliya va tijorat