Tirnoqdagi bo‘yoq xaqida

Assalomu alaykum! Bir tanishimga tirnoqdagi bo‘yok bilan tahorat olish mumkun emas desam Islom dini 6-asrda paydo bo‘lgan. U payta tirnoq laklari bo‘lamagan, bu narsa xaqida Qur’onda xam xech narsa deyilmagan deb o‘z fikrida turib oldi. Unga nima deyish mumkin? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qur’on va hadisda har bir narsani aslini bayon qilib qo‘yilgan. Keyingi paydo bo‘ladigan masalalarni o‘sha asllarga qiyos qilinib hukmi olinadi. Masalan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonalarida hozirgi kabi allambalo nomli mast qiluvchi ichimlik va boshqa narsalar bo‘lmagan. Sanoqli mast qiluvchi narsalar bo‘lgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularning asosini bildirib “Har bir mast qiluvchi narsa haromdir” deganlar. Qiyomatgacha qanaqa yangi ichimlik paydo bo‘lib unda ham mast qilish xususiyati bo‘lsa o‘sha aslga binoan harom hisoblanadi. Xuddi shuningdek tahorat bobida ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Har bir tukning ostida janobat” bor deganlar. Ya’ni biror tuk miqdoricha ham joyga suv tegmay qolgan bo‘lmasligi kerak. Qiyomatgacha qaysi narsa badanga suv etishini man qiladigan bo‘lsa u narsalar poklanishga to‘siq bo‘ladi. Lak bo‘lmaganligini bahona qilish hozirgi kundagi yangi nomlardagi mast qiluvchi ichimliklar halol deganga o‘xshab qoladi. Aqlli inson bu gapni aytmaydi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 22:44 | Savol-javoblar | 151 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar