"Qur’oni Karim oyatlarining fazilatlari" kitobi haqida

Assalamu alaykum ustoz,Alloh dinimiz uchun qilayotgan xizmatlaringiz uchun behisob mukofotlar ato qilsin.Yaqinda bir birodarimizdan "Qur‘oni Karim oyatlarining fazilatlari" kitobi haqida eshitib qoldim. Kitob 2011 yilda nashr etilgan bolib unda Qur‘oni Karimdagi oyatlarning turli fazilatlari haqida so‘z yuritiladi. Ba‘zi o‘rinlarda oyatlarning fazilatlari hadislar yordamida ifodalangan bo‘lsa, ba‘zida faqat ma‘lumotlar berilgan.Quyida kitobdan iqtibos keltiraman:"Amiral mo‘minin Ali (k.v.) Payg‘ambarimiz :saw dan rivoyat qiladilar: "Har bir narsaning bir a‘zosi boshqalariga qaraganda afzalrog‘ligi bordir. Qur‘on kalimalarining ichidagi eng afzalroq kalima suralari boshlanishidagi muqata‘a harflari hisoblanadi: ular Alloh subhonahu taoloning so‘zidir: "Alif, lom, mim"; "Alif, lom, mim, sod"; "Alif, lom, ro"; "To, sin, mim"; "To, sin"; "Yo, sin"; "Sod"; "Ho, mim"; "Ho, mim, ‘ayn, sin, qof"; "Qof"; "Nun".Har kim shanba kuni ushbu harflarni Navro‘zdan kein yozib toza suvda yuvib ichsa, o‘sha yili barcha xastaligidan omonda bo‘ladi. Agar Rajab oyi boshida Payshanba kuni kumush uzukka naqsh qilsa, barcha tashvishlardan, qo‘rqinchlardan omonda bo‘ladi. Unga g‘azablanib turgan kishiga surani ko‘rsatsa g‘azabi so‘nadi. Kimki ishsiz, sarson-sarganrdon yurgan bo‘lsa, uzukni qo‘liga taqsa yaxshi ish topadi. Agar uzukni tovoqqa solib kechasi yomg‘ir ostiga qo‘yib ertalab ushbu suvni ichsa quvvai hofizasi (xotira) yaxshilanadi".(Iqtibos tugadi)Ushbu kitobda bu kabi ma‘lumotlar juda ko‘p berilgan. Savolim shundan iboratki, umuman ushbu kitobdagi ma‘lumotlarga ishonsa bo‘ladimi? Yoki bu kitobni o‘qimagan afzalmi?Qimmatli vaqtingizni ajratib savolga javob berganingiz uchun oldindan tashakkur.Assalamu alaykum.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu kitobni o‘qimagan afzal.

30 Aprel 2022, 09:49 | Savol-javoblar | 172 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar