Xotinning uyda va ko‘chada yurishi
Assalamu alaykum va rohmatullohu va barokatuhu va mag‘firot, sizga bir savolimiz bor edi: Xotinning uyda hijobsiz, englari ochiq, oyoqlarni ham tupig‘idan yuqorilari ko‘rinadigan holatda yursa, lekin ko‘chaga shariatdagidek chiqsa bo‘ladimi? Erning otasi, aka-ukalari xotiniga nomaxrammi? Uyda erning otasi, aka-ukalari bo‘lganda hijobsiz, englari ochiq, oyoqlarni ham tupig‘idan yuqorilari ko‘rinadigan holatda yursa shariatda mumkinmi? Oldindan rahmat.Assalamu alaykum va rohmatullohu va barokatuhu va mag‘firot.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ayol erining aka-ukalariga nomahram hisoblandi. Ammo erining otasiga, yahni, qayinotasiga mahramdir. Ayol kishi uy ichida siz aytgandek hijobsiz yurishi va kuyidagi mahramlariga ko‘rinishi durust:1. Eriga, bu ma’lum narsa.2. - Mo‘mina-muslima ayolga uning otasi eng bosh mahram bo‘ladi. Shuning uchun unga ziynatini ko‘rsatsa, halol. Ota va undan keyin zikr qilinadigan mahramlari uchun ayolning nikohi haromdir, ular unga uylanishni, umuman shahvat bilan qarashni xayollariga ham keltirmaydilar. Shuning uchun mo‘mina ayol ushbu mahramlarga ziynatini ko‘rsatsa, bo‘ladi. Yuzini, qo‘lini, oyog‘ini va uy ichida ochib yurishga majbur bo‘ladigan ba’zi a’zolarini, jumladan xamir qilayotganda bilagini, uy supurayotganda boldirini ko‘rsatsalar, gunohi yo‘q. Ehtiyoj yuzasidan ruxsat berilgan.«Otalar» deyilganda katta ota, bobo va bobolarining otalari ham ko‘zda tutiladi.3. «...yo erlarining otalariga...»Yatsni, qayin otalariga. Bunga qayin otaning otalari va katta qayin otalarning otalari ham kiradi. Ular ham ota o‘rnida. Ular ham kelinlariga mahram, o‘rtadagi munosabatda uylanish yoki shahvat nazari degan narsalarning bo‘lishi mumkin emas.4. «...yo o‘g‘illariga...»Bunga o‘z o‘g‘illari, o‘g‘illaridan va qizlaridan bo‘lgan o‘g‘il nabira va chabiralar kiradi. Bularning hammasi ham ayol kishi uchun mahram, ular orasida oila qurish yoki shahvat bilan qarash umuman mumkin bo‘lmagan ish, shuning uchun ham muslima ayolga ularga ziynatini ko‘rsatishga ruxsat berilgan.5. «...yo erlarining o‘g‘illariga...»Yatsni, erlarining boshqa xotindan bo‘lgan o‘g‘illari. Bular ham mo‘mina-muslima ayol uchun mahram sanaladi. Oralarida nikoh bo‘lishi mutlaqo mumkin emas. Chunki o‘rtada ona-bolalik aloqasi bor. Shuning uchun zebu ziynat va chiroy o‘rtada shahvatni uyg‘otmaydi.6. «...yo aka-ukalariga...»Bunda tug‘ishgan aka-ukalar, ota bir aka-ukalar va ona bir aka-ukalar hammasi barobardirlar. Ularning barchasi mahram hisoblanadilar, singillarining ziynatini ko‘rsalar, mayli.7. «...yo aka-ukalarining o‘g‘illariga...»Bunda ham tug‘ishgan, ota bir va ona bir aka-ukalarning o‘g‘illari ko‘zda tutilgan. Ayol aka-ukalarning farzandlariga amma bo‘ladi. O‘rtada mahramlik bor, uylanish yoki shahvat bilan qarash umuman bo‘lishi mumkin emas. Boshqa mahramlar qatori bular ham hayot taqozosi ila doimo bir-birlari bilan ko‘rishib, aralashib turishga ehtiyojlari bor. Shuning uchun ham jiyanlariga ammalarining ziynatlariga qarashlariga ruxsat berilgan.8. «...yo opa-singillarining o‘g‘illariga...»Bu holatda ham tug‘ishgan, ota bir yoki ona bir opa-singillarining o‘g‘illari ko‘zda tutilgan. Ayol ular uchun xola bo‘ladi. O‘rtada mahramlik bor. Shuning uchun mo‘mina ayol ziynatlarini ularga ko‘rsatsa, bo‘ladi.Ammo mo‘mina-muslima ayolning erkak mahramlari bu bilan tugamaydi. Oyatda zikri kelmagan mahramlar ham bor. Misol uchun, amakilar, tog‘alar va kuyovlar. Shuningdek, emikdoshlik orqali mahram bo‘lganlar bor. Ular haqida oyati karimada biror narsa deyilmagan bo‘lsa ham, hadislarda kelgan hukmlardan qiyos qilib, mo‘mina-muslima ayol ularga ziynatini ko‘rsatsa, gunoh yo‘q, deb fatvo berilgan.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Oyisha onamiz roziyallohu anhoga emikdoshlik orqali amakisi va tog‘asi bo‘lgan erkaklardan qochib, hijob olishga ruxsat bermaganlar. Shunday ekan, nasab orqali bo‘lgan amaki va tog‘alarga, albatta, ziynatini ko‘rsatishga ruxsat bor.Hadis ilmi sohasidagi eng mo‘tstabar olti kitobda va Imom Ahmad ibn Hanbalning «Musnad»larida Oyisha onamizdan rivoyat qilinishicha, Abul Qutsaysning ukasi Aflah kelib, u kishining huzurlariga kirishga izn so‘ragan. U Oyisha onamizga emikdoshlik orqali amaki edi. Oyisha onamiz bu haqda shunday deydilar: «Men unga izn berishdan bosh tortdim. Rasululloh ’ollallohu alayhi vasallam kelganlarida qilgan ishim xususida u zotga xabar berdim. U zot ’ollallohu alayhi vasallam menga u (Aflah)ga izn berishimga amr qildilar».Imom Abu Dovud qilgan rivoyatda bu xusus yana ham ravshanroq bayon etilgan:«Oyisha onamiz quyidagilarni aytadilar: «Huzurimga Afloh kelgan edi, undan yashirindim. U: «Amaking bo‘lsam ham, mendan qochasanmi?!» dedi. Men: «Qaerdan menga amaki bo‘lasan?!» dedim. U javob berdi: «Seni mening akamning xotini emizgan», dedi. Men: «Meni emizsa, ayol kishi emizgan, erkak kishi emas», dedim. So‘ng oldimga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kirdilar, men bo‘lgan gapni aytib berdim. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, u amaking bo‘ladi, huzuringga kiraversin», dedilar».Yuqorida zikr qilingan mahramlarning hammasi abadiy mahram hisoblanadilar. Yatsni, ularning mazkur mo‘mina ayolga uylanishlari abadiy harom qilingandir. Ammo mahramligi vaqtinchalik shaxslar ham bo‘ladi. Misol uchun, opa-singillarining erlari vaqtinchalik mahram sanaladi, yatsni, opa bilan nikohda turgan erkakka uning singlisiga uylanishi harom sanaladi. Opa bilan ajrashgandan keyingina singilni nikohiga olish halol bo‘ladi.Ularga nisbatan qanday muomalada bo‘lish kerak? Bu hukm shariatda chegaralab qo‘yilmagan. Ulamolarimizning aytishlaricha, buni chegaralashning imkoni ham yo‘q. Chunki bunday qarindoshlik aloqalari turlicha bo‘ladi. Shuning uchun hukmi ham turlicha. Bunda qarindoshlik nisbati, yosh, holatlar, bir joyda yashaydilarmi yoki ayrichami va boshqa omillar ham e’tiborga olinadi.
1 May 2022, 08:40 | Savol-javoblar | 177 | Oila va turmush