Qabrga uchtasini birga ko‘mish

Assalomu alaykum! Uhud jangida qatl bo‘lgan musulmonlarni shu joyning o‘zida qabrga 2-3 tasini ko‘mishgan ekan. “Tafsiri Hilol” kitobi “Oli Imron” surasi 385-bet. Savol: Hozirda ham shunday qilsa bo‘ladimi? Ya’ni avto halokatga uchragan insonlarni bir payitning o‘zida bir qabrga qo‘ysa bo‘ladimi? Yoki bu hukm o‘sha zamonning sharoitiga qarab chiqarilganmi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U o‘ta og‘ir holat bo‘lgan. Qabr kovlashning ham iloji bo‘lmagan, chunki Uhud tog‘i toshliq er hisoblanadi. O‘sha kabi holat bo‘lsa joiz, lekin biz kabi bemalol joylarda joiz emas. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 08:40 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar