Namozdagi bir holat to‘g‘risida

Muhtaram ustoz.1.Imom Navaviying "Riyozus-solihin" kitoblarida,agar adashmasam izori to‘pig‘idan pastga tushirib o‘qilgan namoz qabul bo‘lmaydi deb o‘qigan edim.Endi shimda yoki shalvarda namoz o‘qigan odam shimini poychasini shimarib namoz o‘qishi kerakmi,yoki shimarmay to‘pig‘ini pastiga tushirib ham namoz o‘qisa bo‘laveradimi?Shimi yoki shalvarini poychasini to‘pig‘idan pastga tushirib o‘qigan odamni namozi qabul bo‘lmaydimi?2.Ma‘lumki Payg‘ambarimiz a.s. izroni to‘piqdan pastga tushirmaslikdan qaytarganlar.O‘zlari ham menda bor ma‘lumotlarga ko‘ra faqat izor kiyib o‘tganlar,shim yoki shalvar kiymaganlar.Nima uchun ulomolar to‘piqdan pastga tushirib bo‘lmaslikni izordan boshqa shim va shalvarlarga ham tadbiq qilishgan?Payg‘ambarimiz a.s. zamonlarida izorni to‘piqdan pastga tushirib yurish kibr alomati bo‘lgan,lekin zamonaviy shim va shalvorlarni to‘piqdan pastga tushirib yurish takabburlik belgisi emasku?3.Men o‘qigan asar va kitoblarda namozni kiyimni shimarib o‘qish makruh deyilgan.Hozir masjidlarda shimini to‘pig‘idan yo‘qoriga shimarib olgan kishilar makruh ish qilayotgan hisoblanmaydilarmi?Javobingiz uchun tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
KALTA IShTON KIYISh MASALASIKo‘pchilik orasida ba’zi ixtilofchi guruhlarni kalta ishtonlar deb atash ham odat bo‘lgan. Bu o‘sha guruhga mansub kishilarning bu ishga alohida e’tibor berib, ko‘pchilik bilan u haqda tortishganlari, kiyinishda o‘zlariga o‘xshamaganlarni qattiq ayblashib, turli fatvo va hukmlar chiqarganidan kelib chiqqan odat bo‘lsa kerak. Hozirda odamlar orasida uncha ko‘p gapirilmayotgan bo‘lsa ham, baribir bu gap borligi, unga kishilar yana to‘qnash kelishlari mumkinligi e’tiboridan ushbu masalada ulamolarning qarashlarini bayon qilib qo‘yishni ma’qul topdik.Bu masalada ixtilof chiqaradiganlar ushbu mavzu’da kelgan hadisi shariflarga bir yoqlama qarashlari asosida ish tutganlari uchun tushunmovchilik kelib chiqqanligini ko‘pchilik ulamolar ta’kidlaydilar. Bu gapni hadisi shariflardan misollar keltirish yo‘li bilan bayon qilsak, tushunarli bo‘lar degan umiddamiz.Abdurrahmon roziyallohu anhu aytdi:«Abu Sa’iyddan izor haqida so‘radim. Bas, u:«Xabardorini topding. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilarki, musulmonning izor tutishi ikki boldirgachadir. Undan ikki to‘piqqacha tanglik yoki gunoh yo‘q. Ikki to‘piqdan pastga tushgan narsa do‘zaxdadir».Abu Dovud, Buxoriy va Nasaiy rivoyat qilgan.Yangi zohiriylar ushbu va unga o‘xshash ma’nodagi hadislarning zohiriy ma’nosini mahkam ushlab olib, ishton yoki shimining poychasi to‘pig‘idan pastga tushgan har bir odamni do‘zaxga tushishi haqida fatvo chiqarishdan tolmaydilar. Ular o‘zlarining bu ishlarida biror masalada hukm chiqarishdan oldin bir mavzu’dagi hadislarni jamlab, solishtirib ko‘rish qoidasiga amal qilmaganlari uchun shunday xulosaga kelishgan. Aslida esa, agar biror hadis ma’nosini yaxshi tushuna olmay qolsak yoki o‘sha g‘ayrioddiy holatni ko‘rsak, darhol shu mavzudagi boshqa hadislarni o‘rganib chiqishimiz lozim bo‘ladi. Ana o‘shanda umumiy solishtirish yo‘li bilan mazkur hadisni to‘g‘ri tushunish imkoniga ega bo‘lamiz.Yangi zohiriylarning poychasi to‘pig‘idan pastga tushgan odam do‘zaxi bo‘lishi haqidagi gapidan xabardor bo‘lgan odam, nahotki, Iymonda, Islomda, ibodatda, taqvoda yurgan odam ham birgina poychasi to‘pig‘idan pastga tushgani uchun do‘zaxi bo‘lsa, degan gapni xayoliga keltirishi turgan gap. Ammo ahli sunna val jamoa aqiydaviy mazhabidagi mo‘htaraf fiqhiy mazhablarga ergashgan musulmonlar ommasining faqihlari bu masalaga eski va yangi zohiriylardan farqli qaraganlar. Ular bu masalani ham, boshqa masalalar kabi, biror masalada hukm chiqarishdan oldin bir mavzu’dagi hadislarni jamlab, solishtirib ko‘rish qoidasiga amal qilgan hollarida va Alloh taoloning oxirgi va mukammal diyni, qiyomatgacha boqiy qoluvchi diyni va barcha zamonlar va makonlarda insoniyatga ikki dunyo saodati yo‘lini ko‘rsatib beruvchi diyni Islomning umumiy maqsadlari, hikmatlari va qoidalari asosida hal qilganlar.Ular avvalo kiyinish borasida Islomning umumiy ta’limotlariga nazar tashlaganlar va bu haqda quyidagi ikki rivoyat va ularga o‘xshagan bir kancha matnlarni topganlar.Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Englar, ichinglar, kiyinglar va sadaqa qilinglar, isrof va mutakabbirlik bo‘lmasa bo‘ldi», dedilar».Ushbu hadisi sharif inson hayotida har kuni, har doim takrorlanib turadigan holatlardagi umumiy islomiy qoidani bayon qilmoqda.Boshqa dinlar, tuzumlar va xalqlarning ushbu boradagi tasarruflariga qarasak, Islomdagi kabi mo‘’tadillikni ko‘rmaymiz. Ular yoki u tarafga, yoki bu tarafga og‘ib ketgan bo‘ladilar.Qaysi birlari eb-ichish, kiyish va sadaqa ishlarida tarki dunyo yo‘lini tutib, imkoni bor narsani qilmay o‘zini o‘zi qiynaydi. Albatta, hozirda bu toifadagilar oz. Kimdir hayotni eb-ichish, kiyishu o‘yin-kulgudan iborat deb xayol qiladi. Butun imkoniyatlarini mazkur narsalarga sarflaydi. Eb-ichishda ham, kiyinishda ham, sadaqa qilishda ham doimiy va chegarasiz ravishda isrofga yo‘l qo‘yadilar. Eng yomoni, bu masalada dunyoqarashlari noto‘g‘ri bo‘lganidan eyadigan taomlari, ichadigan ichimliklari, kiyadigan kiyimlari va qiladigan sadaqalari ila manmanlik, mutakabbirlik qiladilar. Hozirda xuddi shu toifa ko‘pchilikni tashkil qiladi.Ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar:«Modomiki, senda ikki narsa: isrof va manmanlik bo‘lmasa, xohlaganingni e, xohlaganingni kiy».Ikkisini Buxoriy rivoyat qilgan.Mashhur sahobiy Abdulloh ibn Abbosning bu hikmatli gaplari Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning tahlimotlarini U zotdan eshitgan kishining o‘z iboralari bilan aytishi, desak xato bo‘lmas. Yana shuni ta’kidlashimiz lozimki, ushbu rivoyatlarda Alloh halol qilgan, halol-pok yo‘l bidan topilgan nehmatlar haqida so‘z ketmoqda.Ushbu Imom Buxoriy rivoyat qilgan ikki rivoyatda Islomdagi kiyinish qoidalari isrof va manmanlikdan chetlanish asosida ekanini tushunib oldik. Buni kiyimi ila manmanlik qilib yurganlarni qoralovchi hadislar ham ta’kidlaydi.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Bir kishi o‘zining soch shokilasiga va kiyimiga mahliyo bo‘lib yurib borayotganda, birdan uni er yutib yubordi. Endi u qiyomat qoim bo‘lguncha pastga tushib boraveradi», dedilar».Ikki shayx rivoyat qilganlar.Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘tgan ummatlardan bir kishi o‘zining chiroyiga, kiyimiga zeb berib mutakabbirlik qilgani qandoq oqibat ila tugaganini ajoyib vasf qilib, siz bilan biz musulmonlarni o‘sha shaxsga o‘xshashlikdan qaytarmoqdalar.Mazkur badbaxtlikka giriftor bo‘lgan odam sochini havas bilan o‘stirgan ekan. Uning sochi elkasiga tushib turar ekan. Kiyimni ham boshqalarga ko‘z-ko‘z qilish uchun tanlab kiygan ekan. U kunlardan bir kun,«…o‘zining soch shokilasiga va kiyimiga mahliyo bo‘lib yurib borayotganda, birdan uni er yutib yubordi».Bunga o‘xshash nobakorlarni, o‘zini o‘zgalardan arzimagan narsa ila ustun qo‘yadiganlarni, kiyimi ila manmanlik va mutakabbirlik qiladiganlarni er ham o‘z ustida olib turmay yutib yuborishga tayyor ekan. Ammo er uni yutishi bilan ish bitib qolmaydi. Balki, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ushbu hadisda aytganlaridek, «Endi u qiyomat qoim bo‘lguncha pastga tushib boraveradi».Ya’ni, u qiyomatgacha er yutish azobini chekib, qiynalib turadi. Qiyomat kuni esa, uning abadiy holi qandoq bo‘lishini Alloh taoloning O‘zi belgilaydi.Kim ana o‘shandoq holga uchramay desa, zinhor bazinhor kiyimi ila manmanlik qilmasin.Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Osiltirish izorda, ko‘ylakda va salladadir. Kim o‘sha narsalardan birortasini manmanlik ila osiltirib yursa, Alloh qiyomat kuni unga nazar solmas», dedilar».Abu Dovud va ♥Nasaiy rivoyat qilganlar.Biz «osiltirish» deb tarjima qilgan ibora arabchada «isbol» deyiladi va kiyim-boshga tegishli gaplarda takabbur va maqtanchoqlik uchun mazkur kiyimlarni keragidan ortiq uzaytirib olishni anglatadi.«Izor» kishining belidan pastiga tutiladigan lungisifat kiyim ekanligi avvalda bir necha bor takrorlandi. Albatta, insonning belidan pastini to‘sish uchun kiyiladigan boshqa nomdagi liboslar ham shu ma’noga qo‘shiladi.«Ko‘ylak» arabchada «qomiys» deyilib, o‘zlarining odatlaridagi ko‘ylakni anglatsa-da, boshqa unga o‘xshash kiyimlarni ham o‘z ichiga oladi. Ko‘ylakni osiltirishga uning engini keragidan ortiq ravishda manmanlik uchun uzaytirib olish ham kiradi.«Salla» ma’lum bosh kiyimi. Uni shariatga nomuvofiq osiltirish bir uchini takabbur ila haddan tashqari uzun tashlab yurishdir.Ko‘rinib turibdiki, kiyimni osiltirib yurish faqat ishon yoki shimga emas, boshqa kiyimlarga ham oid ekan. Hammasida ham osiltirish kibri havo, mutakabbirlik ila bo‘lishi qoralangan ekan.Endi o‘z-o‘zidan kiyimni osiltirib yurish kibr va manmanlik uchun bo‘lmasachi, degan savol paydo bo‘ladi. Xuddi shu savol sobai kiromlarda ham bo‘lgan. Quyida o‘sha savolni va uning javobini o‘zidan jamlagan hadisi sharifni o‘rganamiz. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Kim manmanlik ila kiyimini sudrab yursa, qiyomat kuni Alloh unga nazar solmas», dedilar. «Yo Allohning Rasuli, albatta, izorimning bir tarafi uni ushlab yurmasam tushib qoladi?» dedi Abu Bakr.«Sen manmanlik ila qiladiganlardan emassan», dedilar».Beshovlari rivoyat qilganlar. Qadimda ham, hozirda ham ba’zi odamlar manmanlik, gerdayish, mutakabbirlik va boshqalarni kamsitish uchun turli yo‘llarni qo‘llab kelishgan va kelmoqdalar. Ana o‘sha noma’qul yo‘llardan biri kiyim-bosh ila manmanlik qilishdir. Islom manmanlik va mutakabbirlikning barcha turlarini harom qilgani hammaga ma’lum. Ana o‘shalar qatorida Allohning oxirgi va mukammal dini Islom kiyim-kechak ila manmanlik qilish, gerdayishni ham harom qilgandir. Harom qilganda ham, qattiq lahjada harom qilganligini ushbu hadisi sharifdan bilmoqdamiz.«Kim manmanlik ila kiyimini sudrab yursa, qiyomat kuni Alloh unga nazar solmas».O‘sha paytda Arabiston sharoitida kiyim bilan mutakabbirlik qilish kiyimni keragidan uzun qilib olib, boshqalarni pisand qilmay, uzun kiyimni erga sudrab yurish bilan ifoda qilinar edi. Bu hadisi sharif kim o‘sha ishni qilsa, Alloh taolo qiyomat kuni unga qaramasligi, undoq nobakor banda o‘z Robbisining nazaridan qolishi haqida so‘z yuritmoqda. Qiyomat kuni bundoq holga duchor bo‘lishi banda uchun cheksiz musibatdir. Shuning uchun, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan ushbu gapni eshitish bilan hassos inson Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu darhol larzaga tushdilar.«Yo Allohning Rasuli, albatta, izorimning bir tarafi uni ushlab yurmasam tushib qoladi?» dedi Abu Bakr».Izor tikilmaydigan, inson kindigidan pastiga tutib oladigan kiyim ekanini avval o‘rgangan edik. Abu Bakr roziyallohu anhuning izorlari qo‘l bilan ushlab yurilmasa, bir tarafi erga tushib qoladigan ekan. O‘sha holat ham qiyomat kuni mazkur baxtsizlikka sabab bo‘ladimi, degan savol berishlaridan u kishining o‘zlari haqida qayg‘urayotganlari ko‘rinib turibdi. Haqiqatdan ham shundoq bo‘lishi mumkinmi? Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu savolga quyidagi javobni berdilar:«Sen manmanlik ila qiladiganlardan emassan», dedilar».Demak, asosiy illat manmanlikda ekan. Ayniqsa, Abu Bakr roziyallohu anhuga o‘xshash etuk insonlardan manmanlik sodir bo‘lishi ehtimoldan uzoq. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning guvohliklari o‘zi etarli. Musulmon inson manmanlik, mutakabbirlikning turli ko‘rinishlaridan doimo uzoqda bo‘lishi kerak. Jumladan, ushbu bobda o‘rganganimiz kiyim-bosh bilan kekkayishga hech yo‘l qo‘ymasligi kerak. Buning ehtiyot chorasi o‘laroq, manmanlikka olib boradigan kiyimlarga yaqinlashishdan saqlanmoq maslahat beriladi.Aniqroq qilib aytsak, bu masalaning bir joyigina ixtiloflarga sabab bo‘ladi. Kiyimni manmanlik ila osiltirib yurish harom ekanligida hech kim xilof qilmaydi. Xilof izor va uning o‘rnini bosadigan shim, shalvor kabi kiyimlarni manmanliksiz to‘piqqa tushirib yurilsa nima bo‘ladi, degan savol javobidadir.Bu savolga yangi va eski zohiriylar qattiq gaplarni aytadilar. Boshqalar esa, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning hadislarini dalil qilib, manmanlik uchun bo‘lmasa, uncha qattiq gapga o‘rin yo‘q, deydilar.Imom San’oniy o‘zlarining «Subulis salom» nomli kitoblarida izorni manmanliksiz to‘piqdan pastga tushirib yurishni Navaviy va boshqalar makruh, deyishgan, degan gapni keltirganlar.Shuningdek, namoz uchun alohida shimni shimarishni ulamolar makruh deganlar.

1 May 2022, 08:54 | Savol-javoblar | 170 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar