Tungi bosinqirash yoki Al-Josun jini haqida

Assalomu alaykum! Tungi bosinqirash yoki Al-Josun jini xaqida ma’lumot bersangizlar. Bu qanday xolat? Ya’ni, nima uchun inson uykusida bosinqirash ro‘y beradi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Jinlar bor mavjudot hisoblanadi, ularni borligiga iymon keltirishimiz shart. Ular hamma vaqt biz bilan birga yashashadi. Ular bizni ko‘rishadi, biz ularni ko‘rolmaymiz. Oxiratda esa buning aksi bo‘ladi. Ularning ichida solihlari ham fosiqlari ham bor. Ularning yomonliklaridan saqlanish yo‘llarini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizlarga o‘rgatganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tongda va tunda o‘qigan duolarini o‘zingizga vazifa qilib oling. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 12:52 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar