Akamning qiliqlari

Assalomu alaykum! Men va ayolim ibodatdamiz, Rossiya davlatida ishlaymiz. O‘zbekistonda ota-onam mendan katta akam qolishgan men ota-onamni Allohni roziligi uchun qo‘limdan kelgancha yaxshi yashashlari uchun sharoit qilib beryapman. Akamga 12000$ ga pul topadigan mashina olib berdim, lekin akam bu yaxshiligimizni bilmadi. Umuman uyga pul bermadi, ota-onamni xam juda qattiq qiynayapti. Moshinani xam olib qo‘ydik, endi uyimizdan o‘g‘rilik qilib zino ishlarni qilyapti. Ota-onamni xammamizni to‘ydirib yubordi el-yurtni oldida nomus bo‘lmasin deb militsiya xodimlariga xam topshirmadik. Men o‘zim tolibi ilmman, ilm o‘rganishni yaxshi ko‘raman. Ota-onamni yaxshi ko‘rib ular qiynalmasliklari azob chekmasliklari uchun akamni o‘ldirib qo‘ysam va tavba qilsam Alloh meni kechiradimi? Noo‘rin savol berganim uchun uzr so‘rayman lekin shu darajada jondan to‘ydirgan, necha yillardan beri oilamiz shu akamdan ozor chekamiz. Nima qilishga boshimiz qotgan. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu narsa imtihon hisoblanadi. O‘ldirib qutilish chora bo‘lganida edi imtihonligi qolmas edi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:44 | Savol-javoblar | 176 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar