Xarom emasmi?

Assalomu alaykum Shayx Xazratlari! Xonadoingizga baraka va nur yogilsin! Ijozatingiz bilan savol berishdan oldin bir xolatni tushuntirib utsam.Dustimning mendan karzi bor . Men 4-5 kun avval usha dustimdan (karzni undirib olish maksadida va dustim bunga rozi) kelajakda uzib yuborishga telefon olgandim, dustim xech kanday muddat kuymagan va uning uchun xech kanday kushimcha % beligilamagan. Lekin men telefon pulini tez orada berish niyatidaman. Telefonning kiymati dustimning mendan bulgan karzidan bir necha barobar kimmat. Xozirda menda bu telefonga xojatim yuk. Endi men shu telefonni xudda shu yusinda 3-shaxsga berib yubormokchiman. Men xam unga xech kanday muddat belgilamokchimasman. Xuddi men olgan narxga bermokchiman. Izox: 3-shaxs mendan karzini uzgungacha, men bir necha oy oldin dustimdan bulgan karzni uzib bulgan bulaman, inshaallox. 1-Savol: Dustimning mendan bulgan karzini men olgan telefon kiymatidan ayrib yuborib kolgan kismini bersam buladimi?2-Savol: Dustimga indamasdan 3-shaxsga berib yuborib, lekin dustimga pullarni vaktida tulab yursam buladimi, xech kanday savdo-sotik koidalarini buzgan bulmaymanmi?Oldindan minnatdorchilik bildiraman!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ikkisi ham bo‘ladi.

2 May 2022, 15:03 | Savol-javoblar | 187 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar