Bronxopnevmoniya

Assalomu alaykum! Savolim qo‘yidagicha: mana bir oydan ziyod vaqt davomida qizim (1.5 yosh) bronxopnevmoniya kasalligi bilan og‘riydi. Shu vaqt oralig‘ida kuchli antibiotiklar oldi. Lekin samarasiz. Mana bugun yana vrach ko‘rigida bo‘ldik. Yana antibiotik yozdi. Diagnoz o‘sha-o‘sha BROX-Ya. Ko‘p antibiotiklar olish sog‘liq uchun zararli. Kelajakda qandaydir asorati qoladi. Yaqinlarim it yog‘ini, uning sho‘rvasini bergin, deyishmoqda. It go‘shti va yog‘i harom ekanligini bilaman. Boshim qotib qoldi. Maslahat bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! It yog‘i aslida harom. Siz shifokordan meni bolamning kasalligi shu darajaga etganmi, deb quyidagi maqolani o‘qing. Ya’ni harom bilan davolanish darajasiga. Vallohu a’lam!
https://islom.uz/maqola/1320

1 May 2022, 09:19 | Savol-javoblar | 190 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar