Nega ayollar azoblanishi kerak? Ayollarga qilingan bu xorliklarga jazo bormi?
Assalomu alaykum! Manimcha bu savol hama ayyolar uchun muhim bo‘lsa kerak hozirgi kunda ko‘p maruzalar ota-ona haqida, lekin ayol haqida oila haqida kam savolim ota ona rozi bo‘lmasa jannatga kirmaydi deyishgan lekin ko‘p hollarda erkak kishi men onamni roziligisiz jannatga kirmayman deb ayolini xo‘rlab qo‘yadi yani ko‘p qaynonalar keliniga zulm qiladi yoki ularni haqoratli so‘zlar bilan dilini og‘ritishadi natijada o‘sha kelinga zulm qilib kelini uydan haydaydi lekin bu borada erkaklar bee’tibor. Ayollar arosatda hali bu hali u yog‘da yurishadi. Eri ham etiborsiz bo‘ladi. Aytingchi onani rozi qilaman deb ayolini xorlasa jannatga kiradimi? Bu gunohmasmi, ayolini baxtsizligi evaziga jannatga kiroladimi? Nega ayollar azoblanishi kerak? Ayollarga qilingan bu xorliklarga jazo bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayolni xor qilish zulm. Zulmdan Alloh taolo Qur’onni bir necha joyida qaytargan. Shariatimizda zulmning hukmi harom. Kelin ham birovning bolasi. Unga bir buyumdek yoki xizmatkordek qaramaslik kerak. Hamma bandalar qatori uni ham o‘z haq-huquqlari bor. Kim ularga tajovuz qilsa qiyomatda javob beradi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 14:37 | Savol-javoblar | 175 | Oila va turmush