Namozda sajda qilish

Assalomu alaykum! Men musofirchilikdaman adashmasam bu erda mazxab boshqa. Bir kuni bomdot namozida 1 rakatida imom 84 surani 21 oyatiga kelganda shu oyatni o‘qib to‘g‘ri sajdaga ketib bir marta sajda qilib turib, kelgan joyidan davom ettirib birinchi rakatni tugatdilar. Biz ham uyimizda yoki yurtimizga qaytganda shunday qilib o‘qishimiz kerekmi yoki surani to‘liq o‘qib keyin ruku sajdaga ketsa bo‘laveradimi?2). Hozirda virus kasalligi boshlangandan beri bu erda har bir namozning oxirgi rakatida rukudan keyn turib duo qilinyabdi. Keyin sajda ketilinyabdi. Bizning mazhabda ham shunday qilinadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Biz ham o‘sha joyda sajda qilamiz. 2). Buni qunuti nozila deyiladi. Bizning mazhabda yo‘q, ularda joiz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 08:28 | Savol-javoblar | 191 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar