Suv va havo o‘tkazuvchi lak

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Islom dinida tirnoqlar uchun lak tahorat o‘tkazmasligi uchun surish mumkin emasligini bilardim. Yaqinda «Inglot Cosmetics»  kompaniyasi musulmonlar uchun suv va havo o‘tkazuvchi va tirnoqlar nafas oladigan laklarni sotuvga chiqardi. Bu laklar ko‘z linzalari tayyorlashda ishlatiladigan havo o‘tkazuvchi polimer mahsulotidan tayyorlangan bo‘lib,  chet el ulamolarini ko‘pchiligi bu lakni ishlatishga fatvo berganlar.  Shundan foydalansa bo‘ladimi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozirgacha bu borada qat’iy bir to‘xtamga kelinmagani uchun ruxsat yo‘q. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 09:50 | Savol-javoblar | 176 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar