Geografiya fani ilmlari
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar men nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti. Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishi talabasiman. Geografiyaga juda qiziqaman. Ko‘p yillik bilimlarim natijasida shuni bildimki geografiyada malumotlar juda ko‘p va ularning ko‘pchiligi " er qanday yaralgan" "er usti relefi va postni nimalardan tashkil topgani" "yadro va mantiyada qanday moddalar tashkil topgan" "biosfera" "Atmasfera" "gidrosfera" "litosfera" va shu kabi juda ko‘plab mavzularni savollariga ilmiy javob beriladigan malumotlar juda ko‘p. Lekin ko‘pchiligi tahminlarga asoslangan. Misol: mantiyaga hechkim tushmagan. Mantiyadagi moddalarni vulqon otilishi natijasida er postiga chiqib qolgan sovigan lava qoldiqlaridan bilib tahmin qilishadi. Dunyoning eng chuqur joyiham mantiyagacha bormaydi baribir orasida 1000+ kilometr qoladi. Va yana shuni bildimki dinimiz islomiy bilimlar bilan geografik bilimlar bir biriga uncha o‘hshamaydi. Misol: islom er qimirlashi allohdan desa, geografiya er qimirlashi er osti plitalarining o‘zaro bir biriga ishqalanishi va pastki plitaning qavariq joyi to‘g‘ri kelganda ustki plitaning bosim bilan yuqoriga intilishi natijasida soddir bo‘ladi deydi. Islom yomg‘ir yog‘ishi allohning raxmati desa, geografiya yomg‘ir suvning aylanma harakati natijasida paydo bo‘ladigan tabiy jarayon deb tariflaydi. Umuman olganda geografik malumotlar islomiy malumotlarga umuman mos kelmaydi. Dinimizdan malumki kimki allohni va uni rasulini yolg‘onchiga chiqarsa yoki so‘zlarini inkor etsa murtad bo‘ladi. Savolim shundan iborat. Agar biz geograf talabalar biror prizintatsiyada yoki biror maruzada chiqib shu va shu kabi islomiy malumotlarga zid keladigan malumotlarni gapirib bersak yoki kanspekt va diplom ishi kabi yozma ishlarda shu malumotlardan foydalansak dindan chiqib qolmaymizmi ? Geografiyada malumotlar juda ko‘p qaysi biri haqiqat. qaysi biri yolg‘on biz bilmaymiz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh sizga manfaatli ilm bersin. Oddiy narsani tushinib oling: Alloh hamma maxluqotlarni yaratib ular orasiga sababiyat konunini joriy qilib qo‘ygan, siz aytgan “ilmiy” istilohlar shu sababiyat qonunlari biz aytadigan Allohning amri deganimiz o‘sha sabablarni bor qilib qo‘ygan asosiy kuchni e’tirof qilish ya’ni iymon, bu ikki narsa orasida ziddiyat yo‘q, kelajakda aqiyda ilmini o‘rgansangiz buni tushinib olasiz degan umiddamiz. Agar aqiyda ilmini yaxshi anglab etsangiz siz aytgan ma’lumotlar e’tiqodda muammoga emas balki Allohning qudrati va hikmatiga bo‘lgan ishonchingiz tasanno qolishingiz yanada oshishiga sabab bo‘ladi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 21:05 | Savol-javoblar | 156 | Ta’lim va muta’allim