Jannatdagi hayot bu hayotga o‘xshaydimi?

Assalomu alaykum! Hazrat meni savolim shunday edi. jannatda ham ko‘payish bormi (farzand ko‘rish) shu haqida batafsilroq ma’lumot bering, u erdagi ko‘payish bu dunyodagi bilan bir xilmi? Alloh taolo gunohlarimizni mag‘firat qilsin, O‘zi hidoyatdan adashtirmasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Jannatda bu dunyodagiga o‘xshash ko‘payish yo‘q.Abu Sa’id al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi va sallam:«Mo‘min jannatda qachon bola istasa, uning homlasi ham, tug‘ilishi ham, yoshi ham bir soatda u istaganicha bo‘ladi», dedilar».Termiziy rivoyat qilgan.

1 May 2022, 09:58 | Savol-javoblar | 149 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar