Qo‘lni yuvishdagi duo

Assalomu alaykum! Agar birov birovga qo‘lini yuvishlikka suv quyib bersa qo‘yuvchi va yuvuvchi qandaydir duo o‘qiydimi? Bizga kichikligimizda yuvuvchi "taxarakolloxumma min jamial zunubika" deydi unga javoban quyuvchi "Valaka mislika zalika" deyiladi deb o‘rgatishgan edi. Shu duo bormi bo‘lsa qanchalik xatosiz va ma’nosi qanday. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz aytgan narsa biror hadisda kelgan emas. Odatda hadislarda “Kim sizga bir yaxshilikni qilsa, Jazaakallohu xoro deb ayting” deyilgan. Ya’ni Alloh sizni yaxshiliklar bilan mukofotlasin. Javobiga xohlaganingizni aytishingiz mumkin. Xohlasangiz Amiyn deng, xohlasangiz Va iyyaka(sizga ham) deng. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:34 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar