Internet xabarlari
Assalamu alaykum. Alloh taolo sizlarni xalqimizga qilayotgan xizmatlaringizga ajru-mukofotlar bilan siylasin. Vaqtlaringizni band qilganimdan ming hijolatdaman. Lekin quyida keladigan ma’lumotlarga o‘xshash ma’lumotlar ko‘p kelayotlagi va ko‘pchilik ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilib ketilayotganligi uchun Internet olamidan kelayotgan ma’lumotlarni avval tekshirib agar ma’lumoti to‘g‘ri bo‘lsa qabul qilishni o‘rganmoqdamiz. Savol: https://www.facebook.com/NasaatMedia/videos/1803760726528854/ ssilkadagi video ma’lumotiga ko‘ra «Hijr» surasidan oyat raqamini zikr qilmasdan ma’no tarjima qilib o‘tishibdi. Haqiqatmikin deya «Hijr» surasini 99ta oyatini bot-bot qarab chiqib, lekin videodagi ma’lumotni topa olmadim. Iltimos bilmaganimizni bilishimizda ko‘mak bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Videodagi tarjimada “ne verili” o‘rniga “verili” bo‘lib qolgan. Bu so‘z ma’nosi quyidagi oyatlarda kelgan. لاَ يُؤْمِنُونَ بِهِ وَقَدْ خَلَتْ سُنَّةُ الأَوَّلِينَ 13. U(Qur’on)ga iymon keltirmaslar. Darhaqiqat, avvalgilarning sunnati ham (shunday) o‘tgandir. Avvaldan kofirlarga bu narsa odat bo‘lib kelmoqda. Har bir payg‘ambar kelganida, uni masxara qiladilar va u keltirgan narsaga iymon keltirmaydilar. Kofirlarning odati qadimda ham shu edi, hozirda ham shunday bo‘lib qolyapti. وَلَوْ فَتَحْنَا عَلَيْهِم بَابًا مِّنَ السَّمَاء فَظَلُّواْ فِيهِ يَعْرُجُونَ 14. Agar ularga osmondan bir eshik ochsag-u, kuppa-kunduzi unga ko‘tarilib tursalar ham: ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
1 May 2022, 11:26 | Savol-javoblar | 156 | Qur’oni karim