Kulgi bilan namozni buzilishi

Assalomu alaykum! Bugun shomning farzini o‘qiyotganimda o‘zimga bilinadigan darajada kulib qo‘ydimmi yoki shunchaki tabassummidi bila olmadimda va sajdai sahv qildim. To‘g‘ri yo‘l tutdimmi? O‘zi namozni bo‘zadigan holat bo‘ldimi yo‘qmi deb shubha bo‘lsa sajdai sahv qilsa namoz durust bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kulsangiz namozingiz buzilgan bo‘ladi. Kulgi uch qismga bo‘linadi. Qahqaha, kulgi va tabassum. Qahqaha deb o‘zi va yonidagilarga eshitiladigan darajada kulish. Bunda namoz ham tahorat ham buziladi. Kulgi, o‘zi eshitadigan darajada ovoz chiqarib kulish. Bunda namoz buziladi, tahorat sinmaydi. Tabassum qilish, bunda insonni kulgisi keladi, lekin ovoz chiqarib kulmaydi. Bunda namoz ham tahorat ham buzilmaydi. Namozingiz nima bo‘lganini o‘zingiz bilib oling. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 09:00 | Savol-javoblar | 201 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar