Bemazhablik

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar vaqtingizni olayotganim uchun ming bor uzr. Savolim: musofir yurtdaman, ish yuzasidan tojik millatiga mansub bir bemazhab  yigit bilan bir joyda yashashga va ishlashga to‘g‘ri kelib qoldi(vaqtinchalik). Namozlarimizni birgalikda o‘qiyapmiz, u kishi menga iqtido qilmoqdalar, buni mening namozimga zarari yo‘qmi? Chunki ular anchagina boshqacha o‘qirkan. Bugun, «Sizlar Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam qolib mazhabboshchingizning aytganini qilasizlar» manodagi gapni gapirvordila jahlim chiqib ketdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizning namozingizga zarari yo‘q. Mazhabga ergashish so‘zini noto‘g‘ri talqin qiladilar xolos. Aslida ular ham mujtahidning qavliga ergashishadi. Faqat ularning mujtahidi deb tan olingan olimlari bitta emas. Abu Hanifa rahmatullohi alayh Abdulloh ibn Mas’ud, Ibn Abbos roziyallohu anhumlar kabi Qur’on karim va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini sharhlovchisi xolos. O‘zlarini to‘qib gapirgan birorta gaplari yo‘q. Biz Abu Hanifa rahmatullohi alayhga ergashsak ular Ibn Taymiya rahmatullohi alayhga ergashishadi. Ikkisining ham ijtihodiy masalalardagi fikrlari “Meni ilmim etganicha shuni to‘g‘ri deb bildim va oyat hadislardan shuni ijtihod qildim. Allohning nazdida nima to‘g‘ri ekanligini Alloh taoloning yolg‘iz O‘zi biladi” degarlar. Unga ergashganlar esa “Meni ergashgan mazhabimni fikri Allohning nazdida ham to‘g‘ri. Bunga zid gapirganlar do‘zaxi” deyishadi. Vaholanki mujtahidlarning o‘zlari ham “Haqiqatini Alloh biladi, biz ijtihodimiz uchun savob olamiz” deyishgan.  Vallohu a’lam!

1 May 2022, 11:45 | Savol-javoblar | 153 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar