Ish vaqtidan keyin ishxonada ishlash

Assalomu alaykum! Men bir davlat ishxonasida ishlayman, hozirgi savolim bugun ko‘p ishxonalarda yuz berayotgan holat. Ishga kirishda Mehnat kodeksiga ko‘ra mehnat shartnomasi tuziladi, unga ko‘ra har bir hodim bir kunda 8 soat ishlashi belgilanadi. ayrim ishxonalarda 8-00 dan 17-00 gacha, ayrim joylarda 9-00 dan 18-00 gacha. Lekin, ko‘p joylarda bu ish vaqti faqat qog‘ozda qolgan, xodimlar 8-00 yoki 9-00 da ish joyiga kelishadi, lekin ishdan qaytish vaqti 17-00 yoki 18-00 dan ancha kechikib ketadi. Ba’zan yarim tungacha, ba’zan 22-00 lar atrofida. Lekin 80-90 foiz xodimlar belgilangan vaqtdan kech ketadi. Sababi rahbarlar topshirig‘i yarim tungacha tugamaydi, ba’zan shunchaki qandaydir topshiriq bo‘lib qolishi yoki yig‘ilish bo‘lib qolishi mumkin bo‘ladi va hodimlar yig‘ilishga so‘ralgan ma’lumotlarni qilib berish yoki topshiriqlarni bajarish uchun ishxonada ushlab turiladi. Bu holatda ish vaqtidan keyin (xatto shanba va yakshanba kulari ham) ishlaganimiz uchun qo‘shimcha haq to‘lanmaydi. 1. Shunda bu vaqtda ishxonamiz hisobidan elektr va boshqa jihozlardan foydalanganimiz, interentga kirganimiz biz uchun harommi? 2. Rahbarlarning bunday holatda hodimlarni ushlab turishi to‘g‘rimi? 3. Agar hodimlarni ish vaqtidan keyin ushlab turish noto‘g‘ri bo‘lsa, bunga qaysi rahbar gunohkor bo‘ladi? (ish beruvchi tashlikot rahbarimi? yoki shu tashkilotda bo‘lim boshlig‘i yoki rahbar o‘rinbosarlarimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). “Ortiqcha ishlaganim uchun ishxonani elektrlarini o‘zboshimcha ishlatsam halol bo‘ladi” deyish noto‘g‘ri. Halol bo‘lmaydi.2). Shartnomada kelishilgandan ortiqcha majburlab ishlatishga haqqi yo‘q. Agar ishlatsa, o‘sha vaqt uchun ham oylik talab qilsangiz bo‘ladi.3). Shu noqonuniy ishlardan xabari bo‘lib ustida turgan har bir raxbar gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 08:43 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar