Nomozga oid savollar
Assalomu alaykum! Savollarim bor edi sizlardan iltimos manashu bilmaganlarimga javob bersalaringiz. 1. Ikki kishi nomoz o‘qiyotgan bo‘lsa farz nomozini o‘zlari o‘qisa farz nomozidan oldin ikkisi xam takbirni aytadimi yoki bittasi aytsa xam bo‘ladimi? 2. Qazo bo‘lgan vitr vojib nomozini qazosini kunduzi o‘qilsa uch rakatlini to‘rt rakat qilib ya’ni kunduzi rakatlar juft qilib o‘qiladimi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Yakka o‘qimoqchi bo‘lsalar ikkalalari ham takbir aytadilar. Ammo birga o‘qishga imkonlari bo‘la turib yakka o‘qishlari to‘g‘ri emas. Hadisi sharifda bunday deyilgan:عَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ رَضِي اللهُ عَنْهُ ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَا مِنْ ثَلَاثَةٍ فِي قَرْيَةٍ وَلَا بَدْوٍ لَا تُقَامُ فِيهِمُ الصَّلَاةُ إِلَّا قَدِ اسْتَحْوَذَ عَلَيْهِمُ الشَّيْطَانُ، فَعَلَيْكَ بِالْجَمَاعَةِ، فَإِنَّمَا يَأْكُلُ الذِّئْبُ الْقَاصِيَةَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ وَأَحْمَدُ وَالْحَاكِمُ وَصَحَّحَهُAbu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qishloqdami, sahrodami, uch kishi bo‘lsa-yu, ular ichida jamoat namozi qoim qilinmasa, albatta, shayton ularga ega chiqar. Jamoatni lozim tut. Ayrilganni bo‘ri er», dedilar».
Abu Dovud, Nasaiy va Ahmad rivoyat qilganlar. Hokim sahih degan.
Sharh: Demak, qaerda uchta va undan ko‘p musulmon odam to‘plansa, o‘sha erda jamoat namozi o‘qilishi kerak. Hatto ikki kishi bo‘lsa ham, namozlarni jamoat bo‘lib o‘qishlari lozim. Jamoat namozi o‘qimaganlarga shayton ega chiqib, ularni o‘z qullariga aylantirib oladi. Jamoat namoziga qo‘shilmagan odam musulmonlarning jamoatidan ayriladi. Jamoatdan ayrilish hech qachon yaxshilik keltirmaydi. Qo‘radagi qo‘ylardan ajragan qo‘y bo‘riga em bo‘ladi, jamoatdan ajragan odam esa shaytonga qul bo‘ladi.
Bu hikmat doimo yuzaga chiqib kelgan. Musulmonlar ichidagi obro‘-e’tibor ularning jamoat namoziga qatnashishlariga qarab bo‘lgan. Jamoat namoziga qatnashmaydiganlar esa xonasalot (uyda namoz o‘quvchi) laqabini olib, obro‘siz kishilar hisoblanganlar.
Musulmonlar qaerda bo‘lmasinlar, ikki-uch kishi bo‘lsalar ham, hamisha jamoat namozi o‘qishga harakat qilganlar. O‘zlari qanday holatda yashamasinlar, birinchi galda jamoat namozi o‘qish uchun masjid qurishni o‘zlarining muqaddas burchlari deb bilganlar.
Muallif shunday hikoya qiladi: «Misrning bepoyon cho‘llari... Katta tezlikda borayotgan avtomashina oynasidan ahyon-ahyonda to‘kilib tushgan kichik uylarning xarobalari ko‘rinadi. Ularning o‘rtasida esa kichik, ammo butun masjid ko‘rindi. Sahroviy musulmonlar ushbu hadisi sharifga amal qilib, uch-to‘rt kishi bo‘lsalar ham jamoat namozi o‘qish uchun masjid qurgan ekanlar.
Aksincha, ba’zi joylarda shahar-qishloqlar oralab bir necha kun yursang ham bir dona masjid topa olmaysan. Shayton ana o‘shandoq yurtlarning odamlariga ega chiqmay, kimga ega chiqsin?! O‘shalarni zalolatga ketkazmay, kimni ketkazsin»?!2). Yo‘q. Vitr namozining qazosi huddi o‘z vaqtida o‘qilgani kabi 3 rakaat qilib o‘qiladi. Vallohu a’lam!
29 Noyabr 2023, 10:10 | Savol-javoblar | 0 | Namoz