Namozdagi xolatlar

Assalomu alaykum! Muhtaram ustozlar, Alloh taolo dinimiz ravnaqi yo‘lida qilayotgan barcha ishlaringizni bardavom qilsin, ajru-savobalrini ziyoda qilsin. Alxamdulillax bu yildan xatmi Qur’onga qatnashyapman. 1) Bizing masjida 15 kunda xatm kilinar ekan. 2 rakatdan taroveh namozini 20 rakat o‘kivomiz, shu xolatda xar namoz boshida «2 rakat taroveh o‘kish uchun imomga ergashaman» deb niyat yailinadimi yoki boshida 20 rakat o‘kish uchun shu imomga ergashdim deyish kifoyami?
2)  Tarovex namozning o‘rtasiga kelganda xushuni ushlash qiyin bovoti, oyoklar og‘rib xayol shu og‘rikni bosishga ketvoti. Namoz vaktida vaznimni bir oyog‘imdan boshkasiga tashlavoman, oyoklani yonga surushga yoki sal kayiltirishga to‘g‘ri kevoti, shu xolatda namoz durust bo‘ladimi? umuman boshka azolarni xam kulaylirok xolatga turvolish uchun kop kimirlatsa bo‘ladimi ?
3) 4 rakatli namozda 1 rakatga Kavsar surasini oqib qolgan rakatlarga Ixlos, Falaq, Nos suralarni ketma ket o‘qish joizmi?
4) Imom takbir aytib qiyom, sajda, ruku’, qa’daga ketganda ergashuvchi takbirni aytmasa yoki aytish esidan chiqsa namoz durust bo‘ladimi ? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Har rak’at avvalida qalbingizda namozni niyat qilib qo‘ysangiz bo‘ldi. 2). Bo‘ladi. 3). Joiz. 4). Durust bo‘ladi, chunki ular sunnat. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 11:56 | Savol-javoblar | 165 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar