Qazo bo‘lgan farz namozini jamoat bo‘lib o‘qish
Assalomu alaykum! Alloh ilminggizni ziyoda qilsin. Men hozir musofirchilikda boshqa yurtdaman. Bir xonada 4 kishi yotamiz, hammamiz alhamdullax namoz o‘qiymiz, bir kun bomdod namozini qazo qildik o‘shanda ertasida qazo namozini farzini bir kishi imom bo‘lib o‘qib beradimi yoki hammasi o‘zi o‘qiydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bir vaqtda qoldirilganini jamoat bo‘lib o‘qish joiz. عَنْ عِمْرَانَ بْنِ حُصَيْنٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ فِي مَسِيرٍ لَهُ فَنَامُوا عَنْ صَلَاةِ الْفَجْرِ فَاسْتَيْقَظُوا بِحَرِّ الشَّمْسِ، فَقَالَ عَلَيْهِ الصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ: تَنَحَّوْا عَنْ هَذَا الْمَكَانِ، ثُمَّ أَمَرَ بِلَالًا فَأَذَّنَ ثُمَّ تَوَضَّئُوا وَصَلَّوْا رَكْعَتَيِ الْفَجْرِ، ثُمَّ أَمَرَ بِلَالًا فَأَقَامَ الصَّلَاةَ فَصَلَّى بِهِمْ صَلَاةَ الصُّبْحِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالشَّيْخَانِ Imron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarlaridan birida (hamma) Bomdod namozida uxlab qolib, quyoshning issig‘idan uyg‘ondilar.
U zot alayhissalotu vassalom:
«Bu joydan boshqa joyga o‘tinglar», dedilar.
So‘ngra Bilolga amr qilib, azon ayttirdilar. So‘ngra tahorat qilib, ikki rak’at fajr (Bomdod)ni (sunnatini) o‘qidilar. So‘ngra Bilolga amr etib, takbir ayttirdilar va ularga Bomdod namozini o‘qib berdilar».
Abu Dovud va ikki Shayx rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisda zikri kelgan hodisa juda ma’lum va mashhur.
Muhaddislarimiz ishtirokchilarning gaplarini bir necha hadislarda keltirganlar. Jumladan, Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda quyidagilar aytiladi:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Xaybar g‘azotidan qaytganlarida kechasi bilan yurdilar. U zotni mudroq bosganida, kechaning oxirida dam olishga qaror qildilar va Bilolga: «Bizning qorovulimiz bo‘l», dedilar.
Bilol qudrati etganicha namoz o‘qidi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va u kishining sahobalari uyquga ketdilar. Tong yaqin qolganda Bilol yuklariga suyangan holda ko‘zi ketib, uxlab qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham, Bilol ham, sahobalardan birortasi ham quyosh ularni urmagunicha uyg‘onmadilar.
Birinchi bo‘lib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam cho‘chib uyg‘ondilar va:
«Hoy Bilol!!!» dedilar.
«Sizning nafsingizni olgan mening nafsimni ham oldi», dedi Bilol. U zot:
«Turib, jo‘nanglar!» dedilar.
Bas, turib, ko‘chlarini bir oz yurgizdilar. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tahorat qildilar va Bilolga amr qildilar, u takbir aytdi. Bas, ularga Bomdod namozini o‘qib berdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozni o‘qib bo‘lgach:
«Kim namozni esidan chiqarsa, eslagan chog‘ida o‘qib olsin. Chunki Alloh taolo: «Namozni Mening zikrim uchun qoim qil», degan», dedilar».
Ushbu rivoyat oldingisini to‘ldirib kelmoqda.
Endi ikki rivoyatdan olinadigan foydalarni ko‘rib chiqaylik:
1. Namozdan uxlab qolmaslikning barcha tadbirlarini ko‘rish kerakligi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Bilol roziyallohu anhuni qorovul qilib qo‘yishlari ayni shu muddao uchun bo‘lgan.
2. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning umr¬larida bir marta Bomdod namozidan uxlab qolganlarliki.
Ko‘pchilik ulamolar «Bu Allohning irodasi ila maxsus ravishda, qazo namozini qanday o‘qishni o‘rgatish uchun bo‘lgan», deydilar.
3. Uxlab, namozni o‘tkazib yuborgan odam uy¬g‘onganidan keyin darhol o‘qib olishi lozimligi.
4. Shariatga xilof ish sodir bo‘lgan joydan tezroq jo‘nab ketish zarurligi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘sha erdan ketib, boshqa tomonga o‘tib, Bomdodning qazosini o‘qiganlari shuni ko‘rsatadi. Ba’zi rivoyatlarda u zot sollallohu alayhi vasallam: «Bu vodiydan boshqa joyga o‘tinglar, bu erda shayton bor ekan», deganlar.
5. Qazo namoziga ham azon aytilishi.
6. Qazo namoziga ham takbir aytilishi.
7. Bomdodning sunnatining ham qazosini o‘qish lozimligi.
8. Qazo namozni jamoat bilan o‘qisa ham bo‘lishi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:58 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar