Shia yoki sunniy
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatuh! Muhtaram Ustozlar, anchadan beri qiziqib kelayotgan savollarimga javob olmoqchiydim. Javob uchun oldindan rahmat!
O‘n olti yoshimdan beri namoz o‘qiy boshladim, avval faqat Bomdodni asta-sekin besh mahal o‘qishga o‘tdim. Namozga biror kim o‘rgatmagan, eshitganlarim va kitobidan o‘qiganlarim asosida ado aytaman. Yoshligimdan shia va sunniy yo‘nalishlari haqida eshitib kelardimu lekin unchalik e’tibor qilmagandim. Ba’zilar menga shia yo‘nalishi asosida o‘qishim kerakligi haqida aytishdi. Manbalardan ularning farqlari haqida o‘rgandimu, lekin ba’zi savollar qiynab kelmoqda. Qur’oni Karimning biror surasida ahli-ummatga ikki yo‘nalishdan biriga mansub bo‘lib shu asosida namoz, haj, ro‘za…kabilarni ado etish yozilganmi? Men sunniy yo‘nalishida namoz o‘qib noto‘g‘ri qilyapmanmi? Shia va sunniylarning asosiy farqlari nimada? Agar namozni Alloh uchun o‘qish ko‘ngilda bo‘lsa biror bir yo‘nalishga ergashish va shu asosida namoz o‘qish muhimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz sunniylik asosida mahkam ibodatlarda davom etavering. Quyidagi ma’lumotni o‘qib oling.
«Shiy’a» so‘zi lug‘atda, «tarafkash» ma’nosini anglatadi. Islom olamida esa, hazrati Aliga tarafkashlik oqibatida ko‘pchilik musulmonlardan ajralib, alohida yo‘l tutgan toifaga aytiladi.
Aslida shiy’a mazhabining kelib chiqishiga siyosiy ixtiloflar sabab bo‘lgan.
Uchinchi xalifa hazrati Usmon roziyallohu anhu vafotlaridan so‘ng kelib chiq-qan qarama-qarshiliklarning bir tarafida hazrati Ali ibn Abu Tolib karramullohu vajhahu bo‘ldilar.
U kishiga tarafdor bo‘lganlardan ba’zilari keyinchalik shiy’a mazhabini keltirib chiqardilar.
Hazrati Alining o‘zlari bu gaplardan bexabar o‘tganlar.
Xulosa shuki, shiy’achilik avvaldan o‘ylab, rejalashtirib tuzilgan harakat yoki mazhab emas, balki siyosiy tarafkashlik oqibatida muxolif tarafga zid o‘laroq asta-sekin shakllangan bir mazhabdir.
Tarixchilardan ba’zilari bu mazhabning boshlanish davri sahobalar o‘rtasida sodir bo‘lgan mashhur «Siffiyin» urushiga to‘g‘ri keladi, deydilar.
Keyinchalik shiy’alar ko‘plab firqalarga bo‘linib ketgan.
Hozirgi kunda Ahli sunna val jamoa mazhabiga muqobil va yaqin sanaladigan, eng asosiy shiy’a mazhabi «imomiya» yoki «isna ashariya» deb nomlanadi.
Ya’ni, ular o‘n ikki imomga e’tiqod qiladilar, shuning uchun mazkur nomni olganlar.
Ularni fiqhiy e’tibordan imom Ja’far Sodiqning ergashuvchilari bo‘lganlari uchun «Ja’fariylar» ham deyiladi.
Imomiya mazhabidagi shiy’alar e’tiqod qiladigan imomlar quydagilar:
1. Ali ibn Abi Tolib, roziyallohu anhu.
2. Hasan ibn Ali, roziyallohu anhumo.
3. Husayn ibn Ali, roziyallohu anhumo.
4. Ali Zaynul Obidiyn ibn Husayn.
5. Muhammad al-Boqir ibn Ali Zaynul Obidiyn.
6. Ja’far as-Sodiq ibn Muhammad al-Boqir.
7. Muso al-Kozim ibn Ja’far as-Sodiq.
8. Ali Rizo ibn Muso al-Kozim.
9. Muhammad al-Javod ibn Ali Rizo.
10. Ali al-Hodiy ibn Muhammad al-Javod.
11. Hasan al-Askariy ibn Ali al-Hodiy.
12. Muhammad al-Mahdiy ibn Hasan al-Askariy.
Shiy’alarning o‘n ikkinchi imomi, Muhammad al-Mahdiy to‘rt yoki sakkiz yoshida Sorra man ra’o degan joyda otasining hovlisida bir g‘orga o‘xshash joyga kirib ketganu bir kuni qaytib chiqadi, deb e’tiqod qilinadi.
Shuningdek, ularning aqiydasi bo‘yicha imomlik yagona diniy rahbarlik bo‘lib, u avvalgi imomning vasiyati ila keyingi imomga o‘tadi.
Misol uchun, Payg‘ambar alayhissalom o‘zlaridan keyin imomlikni hazrati Aliga vasiyat qilganlar, o‘z navbatida, hazrati Ali, imom Hasan va Husaynga va hokazo.
Shiy’a mazhabidagi musulmonlarning e’tiqodi bo‘yicha, imom gunohlardan pok, to‘liq ilm sohibi bo‘ladi. Payg‘ambardan farqi vahiy tushmasligida, xolos. Imomlar mo‘’jiza sohibi ham bo‘ladilar.
Ular har kuni shom namozidan keyin imom Mahdiy kirib ketgan, deb e’tiqod qilinadigan g‘or og‘ziga bir ulovni olib borib, to yulduzlar ko‘ringuncha, imomning ismini aytib chaqiradilar, so‘ngra ertaga qaytib kelamiz, deb tarqalishadi.
Ular imom chiqsa, er yuzini adolatga to‘ldiradi, shiy’alarning dushmanlaridan o‘ch oladi, deb e’tiqod qiladilar.
Imomiya shiy’alarining eng mashhur aqiydalaridan biri «taqiyaya» dir. Ya’ni, bu–inson o‘zini saqlash uchun ba’zi hiyla va aldovlarni ishlatishi mumkin, degan gap.
Imomiya mazhabidagilar huzurida «ta-qiyya» dinning aslidan hisoblanadi, kim unga amal qilmasa, namoz o‘qimagan bilan barobar bo‘ladi. Kim uni tark qilsa, dindan chiqadi.
Bu gaplariga o‘zlarining beshinchi imomlari Ja’far Sodiqning:
«Taqiyaya mening va otalarimning dini, kimning taqiyayasi bo‘lmasa, iymoni ham yo‘qdir», degan gapini dalil qilib keltiradilar.
Imomiya shiy’alarini mashhur qilgan sabablardan biri «mut’a» nikohidir. Ya’ni, lug‘atdagi ma’nosi mazza qilish uchun uylanish.
Bir ayol bilan kelishib, haqqini berib, ma’lum muddat, kun yoki soatga nikoh qilib olish. Ular mut’a nikohini eng yaxshi ibodat, qurbat hosil qilishning afzal yo‘li, deb e’tiqod qiladilar.
Shiy’alardan mutaassiblari ko‘pchilik sahobalarni, ayniqsa, uch xalifa: Abu Bakr Siddiq, Umari Odil va Usmon Zunnuraynlarni la’natlashadi. Uch xalifa zulm bilan Alidan xalifalikni tortib olishgan, deb ayblashadi. Ular, shuningdek, Oysha onamizni ham so‘kadilar.
Shundan kelib chiqib, ular hazrati Alidan boshqa sahobalar rivoyat qilgan hadislarni qabul qilmaydilar.
Ba’zi mubolag‘aga ketgan shiy’a toifalari farishta Jabroil alayhissalomni ham so‘kadilar. Ular u zotni vahiyni adashib Aliga emas, Muhammadga olib tushgan, deb ayblaydilar.
Shiy’alarning o‘zlariga xos bayramlari bor. Ulardan biri «G‘adiyr hayiti».
U zulhijja oyining 18-kuni nishonlanadi va katta hayit, deb nomlanadi.
Ularninng e’tiqodi bo‘yicha bu hayit qurbon va ramazon bayramlaridan ham ulug‘ hisoblanadi. Shiy’alarning aytishlaricha, xuddi shu kuni payg‘ambar alayhissalom hazrati Aliga xalifalikni vasiyat qilgan emishlar.
Muharram oyining birinchi o‘n kuni shiy’alar uchun motam kunlari hisoblanadi. Ular o‘sha kunlari Imom Hasan, Imom Husayn va boshqalarga motam tutadilar.
Ulardan ba’zi bir haddidan oshgan toifadagilarining e’tiqodlari bo‘yicha o‘sha kunlari kim o‘zini ko‘proq qiynasa, shuncha ko‘p savob oladi.
Imomiya shiy’alarining Ahli sunna val jamoa mazhabiga nisbatan eng katta aqiydaviy xiloflaridan biri u dunyoda mo‘minlar Allohning jamolini ko‘rmaydilar, deb e’tiqod qilishlaridir.
Fiqh bo‘yicha ham bir qancha ixtilofli masalalar bor.
Ba’zi misollar keltiradigan bo‘lsak, shiy’alar tahorat qilganlarida, oyoqlarini yuvmaydilar. Balki, oyoqlariga mash tortadilar.
Shuningdek, peshin va asr hamda shom va Xufton namozlarini qo‘shib o‘qiydilar.
Imom yo‘qolgani sababli imomlikka munosib shaxs yo‘qligidan jamoat namozini o‘qimaydilar va hokazo.
Imomiya shiy’alarining asosiy markazi Erondir. Tarixchilar buning asl sababi Imom Husayn roziyallohu anhuning Erondan uylanishlari bo‘lgan, deydilar.
Shu tufayli siyosiy janjallarda eronliklar Imom Husayn tarafini oladilar va u kishini kelib, o‘zlariga rahbarlik qilishga chorlashadi.
Imom Husayn shu chaqiriqqa binoan kelayotib, Karbaloda shahid bo‘ladilar.
Shuningdek, imomiya shiy’alari Iroq, Quvayt, Pokiston va Livanda sezilarli darajada tarqalganlar.
Sobiq Sovet Ittifoqini nazarda tutadigan bo‘lsak, Ozarbayjon aholisining ko‘pchiligi shiy’adir. Shuningdek, Shimoliy Qofqozning Ozarbayjon chegarasiga yaqin joylarida yashaydigan aholi ham shiy’alardir.
Bizning O‘zbekistonda Samarqand va Buxoroda ota-bobolari qadimda Erondan kelib qolgan shiy’a mazhabiga mansub kishilar yashashadi.
Ularning mahalliy aholisi asli Erondan bo‘lgani uchun eroniylar ham deb ataydilar.
Hozirgi kunda o‘zlarining masjidlari bor, ba’zi kitoblarini ham chop etdilar.
Oxirgi paytlarda sunniy va shiy’iy mazhablari orasida yaqinlashish ishlari bo‘yicha faoliyat olib borilmoqda.
Har mazhab o‘zining ta’limotlarini tutishi bilan o‘zgani hurmat qilish va mushtarak manfaatlar yo‘lida hamkorlik qi-lish harakatlari yo‘lga qo‘yilmoqda.
Eronda «Islomiy mazhablarni yaqinlashtirish» deb atalgan katta muassasa ish-lab turibdi. Har yili ilmiy anjumanlar o‘tkazilmoqda.
Hozirgi paytda imomiy shiy’alar bilan ahli sunnalar orasida munosabatlarni yaxshilashga harakatlar bo‘lib turibdi. Sahobalarni so‘kmaslik, bir-birini yomonlamaslik, har kim o‘z mazhabini ushlagan holida ittifoq qilingan masalalarda hamkorlik qilish kabi bir qancha ishlarga kelishildi. Imomiya mazhabidagi shiyxalarni kofir deyilmaydi. Vallohu a’lam! [url=https://savollar.islom.uz/savol/4426https://savollar.islom.uz/savol/4426[/url]
21 Aprel 2022, 06:45 | Savol-javoblar | 173 | Ibodatlar