Ayollar tug‘ish vaqtidagi qiynchilikka haj savobini berilishi

Assalomu alaykum! Bitta ayol “men bolamni azob chekib tuqqanman. O‘sha vaqtda o‘lishim mumkin edi. Menga 40ta xaj savobi berilgan” dedi. Shu gap rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 40 hajning savobi berilishi g‘aybning ishi. G‘aybni esa vahiy orqali bilinadi. Payg‘ambar bo‘lmaganidan keyin vahiy ham to‘xtagan. U ayol bu gapni qaerdan topdi ekan bilmadik. Hadislarda quyidagicha keladi:  عن أنس رضي الله عنه، أن حاضنة إبراهيم ابن النبي صلى الله عليه وسلم: قالت: يا رسول الله تبشر الرجال بكل خير ولا تبشر النساء.... فقال: أفما ترضى إحداكن أنها إذا كانت حاملاً من زوجها وهو عنها راض أن لها مثل أجر في سبيل الله، فإذا أصابها الطلق لم يعلم أهل السماء وأهل الأرض ما أخفي لها من قرة أعين، فإذا أرضعت لم يخرج منها جرعة من لبنها ولم يمص منها مصة إلا كان لها بكل جرعة وبكل مصة حسنة، فإن أسهرها ليلة، كان لها مثل أجر سبعين رقبة تعتقهن في سبيل الله. رواه الطبراني في الأوسط  Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘g‘illari Ibrohimning enagasi: “Yo Rasululloh kishilarga har bir yaxshilikning bashoratini berasiz, ayollarga bashoratini aytmaysiz” dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Biringiz eridan homilador bo‘lgan vaqtda eri undan rozi bo‘lsa Allohning yo‘lidagi kishining ajrini mislichasi unga bo‘lishiga, to‘lg‘oq tutganida samo va er ahli ham u ayol uchun tayyorlab qo‘yilgan ko‘z quvonchini bilmaydigan darajada ko‘pligiga, emizayotgan vaqtida ayoldan chiqqan va bola undan emgan har bir ho‘plam sut uchun hasana borligi, kechasida bedor bo‘lganida Allohning yo‘lida etmishta qul ozod qilganning ajrini mislichasiga rozi bo‘lmaydimi” dedilar.
Tabaroniy rivoyati.
Bu kabi yana bir necha hadislar bor, sanadi esa unchali kuchli emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:15 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar