Doktorga dori reklama qilishdi

Assalomu alaykum! Men doktor ko‘rigiga borganimda, bir ayol mening ko‘z oldimda doktorga qandaydir dorini reklama qilganini tushunib qoldim(uning narxi va boshqa ma’lumotlarni aytayotganda). Ya’ni, qandaydir manfaat evaziga bemorlarga tavsiya qilinadigan dorilar orasiga ushbu "reklama qilingan" dorini ham qo‘shib qo‘yish xolati. Avvaliga unday emasdir deya o‘yladim. Lekin doktor menga yozib bergan tavsiyanomasida (Alloh shifo bersa) 2 dona dori sababi bilan ham tuzalsa bo‘ladigan dardga 5-6 dona (buning ichida antibyotikning o‘zi 2-3 ta xar xildagisi) dorilarni yozib berdi va yomon gumon yana ustun keldi. Gumonim xato bo‘lsa Alloh o‘zi kechirsin. Shunday xollarda shu kabi doktorlarning ustidan shikoyat xati yozsam (bu uning ishsiz qolishiga sabab bo‘lsa ham) bir mo‘’minga nisbatan zulm qilgan bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Zulm qilgan bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 08:21 | Savol-javoblar | 154 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar