Peshin va xufton nomozlarini sunnati

Assalomu alaykum! Bizning qishlog‘da oldin olim odam o‘tgan ekanlar. U zot peshin nomozining oxirgi 2 rakat sunnat nomozini 4 rakat, xuftan nomozining 2 rakat sunnatini xam 4 rakat o‘qishga fatvo bergan ekanlar. Xozirda qishloq ahli shunday yo‘sinda namoz o‘qishadi. Menga xam Allohning rahmi kelib nomoz o‘qishni boshlaganman. Shunday yo‘sinda namoz o‘qishim joyizmi? 2). O‘zi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday yo‘sinda namoz o‘qiganlari xaqida biron-bir manbada keltirilganmi? No o‘rin savol bergan bo‘lsam mazur tutasizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Joiz.
2). Bu borada ham hadislar kelgan. عَنْ أُمِّ حَبِيبَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ حَافَظَ عَلَى أَرْبَعِ رَكَعَاتٍ قَبْلَ الظُّهْرِ وَأَرْبَعٍ بَعْدَهَا حَرَّمَهُ اللهُ عَلَى النَّارِ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ Ummu Habiba roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim Peshindan oldingi to‘rt rak’atni va undan keyingi to‘rt rak’atni muhofaza qilsa, Alloh unga do‘zax o‘tini harom qiladi», dedilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilganlar.
Sharh: Peshindan keyin ikki rak’at sunnat namozi o‘qish ta’kidlangan qo‘shimcha namozlar ichida o‘tgan edi. Endi ta’kidlanmagan qo‘shimcha namozlar ichida uning o‘rnida to‘rt rak’at zikr qilinmoqda. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:59 | Savol-javoblar | 191 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar